21:26 / 14.05.2021
2 443

Xiaomi bo‘yinga osib yurish mumkin bo‘lgan ventilatorni yaratdi


Foto: GizChina
Xiaomi kompaniyasi o‘zining ZMI bo‘linmasi orqali yilning issiq vaqtida yordam beradigan portativ ventilatorni taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

ZMI Hanging Neck Folding Fan nomini olgan mazkur qurilma bo‘yinga osib yurish uchun mo‘ljallangan, biroq uni qo‘lda olib yurish yoki stol ustiga joylashtirish mumkin.

Kompaniya bayonotida aytilishicha, ventilatorning egilish burchagini 0 dan 120 darajagacha boshqarish mumkin. Ventilator oq, pushti va yashil ranglarda sotuvga chiqadi, shu bilan birga, unga RGB yoritgichli yorug‘lik diodlar o‘rnatiladi. Yoritish effektini qurilma korpusidagi tugma yordamida o‘zgartirish mumkin.

Foto: GizChina
Gadjet cho‘tkasiz dvigatel va yettita parrakli ventilatordan iborat. U uchta tezlik rejimiga ega va tozalash uchun oson ochib-yig‘iladi. ZMI’dagilarning ma’lum qilishicha, birinchi avtonom tezlik yordamida qurilma 13 soat, ikkinchisida — 8 soat, uchinchisida — 4 soat ishlay oladi. Qurilma USB-C razyomi orqali quvvatlanadi, jamlanmasidan tegishli kabel o‘rin oladi.
Og‘irligi 130 grammni tashkil etadigan ventilator 15 dollardan sotuvga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi bo‘yinga osib yurish mumkin bo‘lgan ventilatorni yaratdi