Foto: «Electrek»
Nemis olimlari zanjirsiz elektr velosipedlar uchun haydash tizimi prototipini namoyish qilishdi. Bu haqda Electrek nashri xabar bermoqda.
Schaeffler kompaniyasi elektron velosipedlar uchun innovatsion haydash tizimini taqdim etdi. Free Drive kashfiyoti velosipedning pastki karetkasiga o‘rnatilgan generator va pedallardan iborat. Pedallarni bosish orqali haydovchi mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi generatorni ishga tushiradi.
Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, generatorda zanjir, kamar yoki kardan vali bo‘lishi shart emas. Shu tariqa, orqa g‘ildirak va pastki karetka o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulovchi mexanizm yo‘q. Generator pedallarning qarshiligini kerakli yoki tanlangan pedal harakatiga qarab o‘zgartirishi mumkin. Agar velosipedchi pedallarni yetarlicha bossa va harakat qilishdan ko‘ra ko‘proq energiya hosil qilsa, elektronika uni velosiped akkumulatoriga yo‘naltiradi.
Free Drive, shuningdek, batareyani zaryad qilishning yana bir usulini hosil qiladigan regenerativ tormozlashni ta’minlaydi. Dvigatel 250 vatt quvvatga ega bo‘lib, bu Germaniyada transportning mazkur turi uchun chegara hisoblanadi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yangi tizimning asosiy ustunligi an’anaviy velosipedlarda mavjud bo‘lgan sinish ehtimoli pastligidadir. Asosiy kamchiliklardan biri zanjir bilan boshqariladigan velosiped bilan solishtirganda pedalning samaradorligi 5 foizga pastdir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi