Foto: SamAuto
Samarqand avtomobil zavodi (SamAuto) eski modeldagi qator yuk mashinalari va avtobuslarni ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi.
SamAuto hamkorlikda ishlab kelayotgan Isuzu kompaniyasi 729-avlodidan voz kechib, yangi 700P avlodidagi modellarni ishlab chiqarishga o‘tmoqda. Yangi modellarda qator qulaylik va yangilanishlar mavjud — masalan, markaziy qulf, konditsioner, shuningdek, takomillashtirilgan tormozlar.
Samarqanddagi zavodda hozirda 700P lineykasidagi modellarning bir qismi ishlab chiqarilmoqda. Mazkur qaror 729-avlodga kiruvchi modellarga taalluqli — Isuzu NPR 66PV, Isuzu NQR 71PL, Isuzu FVR 33P va Isuzu FVR 33G.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda ikkala avlodga kiruvchi mashinalarni ham xarid qilish mumkin. SamAuto 729 avlodidagi mashinalarning egalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yaponiyadan 1000 dona jamlanma ehtiyot qismlar buyurtma qilgan. Kompaniya yangi konfiguratsiyaga «silliq o‘tishni» ta’minlaydi.
«729-avlodga kiruvchi avtomobil egalari uchun ehtiyot qismlar keyingi 10 yil davomida ishlab chiqariladi», — deydi SamAuto bosh direktorining marketing va savdo bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Yarashev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi