date

Rim Papasi Instagramda rasmiy sahifasini ochdi

Rim Papasi Instagramda rasmiy sahifasini ochdi

Rim Papasi Fransisk 19 martdan instagramda Franciscus nomi bilan sahifa yuritishni boshlaydi. Bu haqda Italiyaning ANSA nashriga asoslanib "Gazeta.ru" xabar bermoqda.

Avvalroq, Rim Papasi Instagram asoschisi Kvin Sistrom bilan yopiq uchrashuv o‘tkazdi. Sistrom uchrashuv chog‘ida Instagramda chop etilgan eng ta’sirchan tasvirlarni o‘z ichiga olgan foto kitob sovg‘a qildi. Yanvar oyida Rim Papasi Apple bosh ijrochi direktori Tim Kuk bilan uchrashdi. Uchrashuvda u internetni "Xudoning sovg‘asi" va sog‘lom jamiyat qurish maydoni deb atagan edi.

Vatikanda Rim Papasining Instagramda allaqachon rasmiy saxifasi mavjud bo‘lib, unga 80 mingga yaqin foydalanuvchilar obuna bo‘lgan. Rim Papasining o‘zi 2012 yilda tvitterda sahifa ochgan bo‘lib, hozirgi kunda sahifalarni 8,87 mln foydalanuvchilar o‘qimoqdalar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rim Papasi Instagramda rasmiy sahifasini ochdi