
Tayvanning HTC kompaniyasi Buyuk Britaniyadagi rasmiy Twitter-akkauntida 2015 yil 1 martdagi taqdimotda yangi HTC One namoyish etilishini tasdiqlovchi tizerni e’lon qildi, deb yozadi «Mail.ru».
Yangi smartfonning nima deb nomlanishi aniq emas. U shunchaki The new HTC One deya tilga olingan.
Ancha ishonarli manbaga ko‘ra, kamida ikkita smartfon — HTC One M9 va HTC One M9 Plus taqdim etilishi kutilmoqda.
Turli bloglarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, HTC flagmani to‘rt yadroli Snapdragon 805 prosessori, 3 Gb tezkor xotira bilan jihozlanadi va Android 5.0.2 Lollipop operasion tizimida ishlaydi.
Avvalroq smartfon 5,5 dyuymli (2560×1440 pikselli) QuadHD-displey, 16 megapikselli kamera va Dolby Digital 5.1 akustika tizimiga ega bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manba: www.daryo.uz
HTC KompaniyasiYangi HTC OneBuyuk BritaniyaSnapdragon 805Android 5.0.2Smartfon Taqdimoti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing