AKT vaziri Sherzod Shermatov Qozog‘iston IT-kompaniyalariga O‘zbekistondagi mehnat resurslaridan samaraliroq foydalanadigan loyihalarga sarmoya kiritishni taklif qildi.
Bu haqda u bugun, 4 dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmonlar doiralari ishtirokida Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan Ishbilarmonlar kengashi va Biznes-forumining kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqida ma’lum qilgan.
Sherzod Shermatov o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan «Raqamli O‘zbekiston – 2030» Strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, bugungi kunga kelib 300 dan ortiq loyihalar amalga oshirilganligini, joriy yil so‘ngiga qadar yana 189 loyiha amaliyotga tatbiq qilinishini, 2022 yil oxirigacha esa 53 ta loyiha ishga tushirilishini qayd etdi.
AKT vaziri, shuningdek, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratib, ular doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar, erishilayotgan natijalarga to‘xtalib o‘tdi:
- aholi punktlarida tezkor va qulay internet xizmatlarini taqdim qilish;
- «Elektron hukumat» qamrovini yanada kengaytirish;
- malakali IT-kadrlarni tayyorlash;
- IT-industriya va raqamli tadbirkorlikni yanada rivojlantirish.
AKT vaziri Qozog‘istonda ham «Raqamli Qozog‘iston» dasturi amalga oshirilayotganligiga alohida e’tibor qaratib, yuqorida ta’kidlangan yo‘nalishlardagi ustuvor maqsadlarga erishish va belgilangan vazifalarni amalga oshirishda qozog‘istonlik hamkasblar bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini, bu borada O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikdagi IT-loyihalarni amalga oshirish maqsad qilinganligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi