Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng tez internet Qirg‘izistonda qayd etilgan. Bu haqda Britaniyaning Cable.co.uk nashri xabarida aytiladi. Unga ko‘ra, Qirg‘iziston 5 gigabaytlik faylni 7,44 Mbit/s o‘rtacha yuklab olish tezligi bilan 155-o‘rinni egalladi. Undan keyin 166-o‘rinni egallagan O‘zbekiston bormoqda.
Telekommunikatsiya xizmatlari provayderlarini taqqoslashga ixtisoslashgan Britaniyaning Cable.co.uk nashri O‘zbekistonda 5 gigabaytlik fayl o‘rtacha 6,64 Mbit/s tezlikda yuklab olinishi qayd etilgan hisobotni e’lon qildi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat 224 davlat orasida 166-o‘rinni egalladi.
Jadvalda MDHning 11 davlatidan aksariyatini o‘rta pog‘onalardan boshlab topish mumkin. Mintaqada o‘rtacha tezlik 12,87 Mbit/s.ni tashkil qiladi. Mintaqadagi eng yirik uchta davlat qatoriga Rossiya (35,73 Mbit/s, 66-o‘rin), Ukraina (25,26 Mbit/s, 77-o‘rin) va Belarus (19,86 Mbit/s, 92-o‘rin) kiradi.
Qirg‘iziston ro‘yxatda 155-o‘rinni egalladi. Mintaqada internet tezligi eng past mamlakatlar sifatida Turkmaniston (dunyodagi eng sekin – 0,50 Mbit/s, 224-o‘rin), Tojikiston (1,82 Mbit/s, 211-pog‘ona) va Qozog‘iston (5,83 Mbit/s, 173-o‘rin) qayd etildi. Bundan tashqari, Tojikiston va Turkmaniston dunyodagi tezligi eng past internet ulanishlari o‘ntaligiga kiradi.
Britaniya nashri o‘tgan yillar uchun hisobotini ham e’lon qildi. Unda 2017 yildan beri ma’lum bir mamlakatning internet tezligi haqida ma’lumot olish mumkin.
2017 yilgi reytingda O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha 189 davlat orasida 178-o‘rinni egallagan. 2018 yilda mamlakat ro‘yxatda biroz yuqoriga ko‘tarilib, 200 mamlakat ichida 184-o‘rinda joylashdi.
2019 yilda mamlakatda internet sifati yana yaxshilandi va buning natijasida O‘zbekiston 207 davlat orasida 181-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili mamlakat 221 davlat orasida 200-o‘rinni egallagandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»