Bloger 2021 yilning eng ishonchli smartfonlarini aniqladi (video)

Bloger 2021 yilning eng ishonchli smartfonlarini aniqladi (video)
JerryRigEverything yutub-kanali yurituvchisi Zak Nelson navbatdagi roligida 2021 yilda ishlab chiqarilgan smartfonlar orasidan eng ishonchli va mustahkamlarini tanladi,

G‘olib — Fairphone 4. Bunga ajablanmasa ham bo‘ladi. Chunki bu smartfon ehtiyot qismlarini oson almashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Akkumulatori ham almashtiriladigan.

Nelson ikkinchi o‘rinni Google Pixel 6 Pro ga berdi: bu smartfon ekranini atigi 60 soniyada almashtirsa bo‘ladi.

Ta’mir uchun eng yaroqsiz smartfon — iPhone 13 Pro Max.

Zakning nazarida, 2021 yilning eng innovatsion smartfoni — ekrani bukiladigan Samsung Galaxy Z Flip 3.

Ichki tuzilishi eng jozibali smartfon — Legion Duel 2. Biroq eng ishonchsiz smartfon «nominatsiyasi»ni ham Nelson shu smartfonga joiz ko‘rdi. Kyocera Duraforce Ultra 5G esa buning mutlaqo aksi. To‘liq tafsilotlar quyidagi videoda (ingliz tilida).

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar