23:42 / 18.02.2015
7 117

AQSh mudofaa vazirligi Google’dan kuchli qidiruv tizimini yaratdi

AQSh mudofaa vazirligi Google’dan kuchli qidiruv tizimini yaratdi

DARPA, istiqbolli mudofaaviy ilmiy-tadqiqot yaratish agentligi Memex qidiruv tizimini yaratdi. Yangi tizim Google’dan ham kuchliroq bo‘lib, u tarmoqning eng himoyalangan nuqtalaridagi ma’lumotlarni ham topa oladi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.

AQSh mudofaa vazirligining so‘zlariga ko‘ra, Memex dasturi odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilarni fosh qilish uchun yaratilgan. Biroq tarmoqda so‘z erkinligi tarafdorlari bu dastur josuslik uchun xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Memex qidiruv tizimi faqatgina anonim tarzda internetdan foydalanish uchun yaratilgan brauzerlarda ko‘rsatadigan saytlarni ham topa oladi. Memex internetdagi boshqa qidiruv tizimlari aniqlay olmaydigan ko‘plab sahifalarni indeksasiya qilish xususiyatiga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSh mudofaa vazirligi Google’dan kuchli qidiruv tizimini yaratdi