06:00 / 28.01.2022
1 429

O‘zbekistonda elektromobillarni quyosh stansiyasi yordamida quvvatlovchi qurilma yaratildi

O‘zbekistonda elektromobillarni quyosh stansiyasi yordamida quvvatlovchi qurilma yaratildi
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
O‘zbekistonda elektromobillarni quyosh stansiyasi yordamida yuqori tezlikda quvvatlovchi qurilma yaratildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, vazirlik tomonidan elektromobillarni quvvatlovchi maxsus qurilma loyihasi moliyalashtirilgan. Loyiha asosida O‘zbekistonning iqlimiy sharoitini hisobga olgan holda, energiya saqlash tizimiga ega bo‘lgan quyosh fotoelektrik tizimlari orqali mahalliy elektr tarmog‘i bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez quvvatlash qurilmasi yaratilgan. U Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining yetakchi olimi, texnika fanlari doktori Nuraddin Matchanov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.

Qurilma elektromobillarni tez, shuningdek, xavfsiz quvvatlash uchun mo‘ljallangan. O‘rta quvvatli va taqsimlangan generatsiya ob’ektlarini o‘rnatish bilan shug‘ullanadigan xususiy tadbirkorlar elektr avtomobillarini quvvatlash xizmatini ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etishda qo‘llashi mumkin.

Loyihani bajarish jarayonida quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish hamda markaziy elektr tarmoqlariga xavfsiz ulash uchun har bir stansiyaning quvvati va har bir hudud uchun texnik talablar ishlab chiqiladi. Quyosh fotoelektrik stansiyasini markaziy elektr tarmog‘iga ulash uchun texnik shartlar bajarilgandan keyin ishonchli ishlash mezonlari yaratiladi.

Quvvatlash tizimi o‘rnatilgan tartibda sertifikatlash uchun ma’lum bir vaqt talab etiladi, so‘ngra uni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish — zavod tashkil qilish uchun mablag‘ talab etiladi. Kelajakda mazkur loyihaga investorlarni jalb qilib, ishlab chiqarishni tashkil etish va respublika bo‘ylab o‘rnatishni boshlash rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda elektromobillarni quyosh stansiyasi yordamida quvvatlovchi qurilma yaratildi