Foto: Bloomberg
Apple kompaniyasi yangi arzon iPhone va yangilangan iPad’ni 8 mart yoki yaqin kunlarda taqdim etishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda taqdimotlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatilishi mumkin. Kompaniya 2022 yilga o‘z maqsadlarini belgilamoqda. Mart oyidagi tadbirlar Apple bir yil ichida o‘zining eng ko‘p yangi qurilmalarini taqdim etishini ko‘rsatmoqda.
Rejalashtirilgan muddatga hali bir oydan ko‘proq vaqt borligini hisobga olsak, ishlab chiqarish kechikishi yoki boshqa sabablarga ko‘ra kompaniyaning rejalari o‘zgarishi mumkin. Apple matbuot kotibi kompaniyaning rejalari haqida izoh berishdan bosh tortgan.
Yangi telefon iPhone SЕ modelining ikki yil ichida birinchi yangilanishi bo‘lib, 5G tarmog‘i imkoniyatlari, yaxshilangan kamera va kuchliroq protsessorni qo‘shadi. Ammo dizaynning o‘zi 2020 yil aprel oyida taqdim qilingan versiyaga o‘xshash bo‘lishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, yangi iPad kuchliroq protsessor va 5G imkoniyatiga ega bo‘lgan Air modelining yangilanishi bo‘ladi. Apple tomonidan ishlab chiqilgan chiplarga ega yangi Mac ham mart oyining boshida taqdim qilinishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi