O‘zbekistonda Skype tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha cheklov olib tashlandi. Bu haqda Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, faoliyati cheklangan tarmoqlar reyestriga kiritilgan boshqa servislardan foydalanishni ham bosqichma-bosqich tiklash ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda reyestrda to‘rtta servis qolmoqda: Twitter, TikTok, «VKontakte» va WeChat.
O‘zbekistonda Skype messenjeridan foydalanish bilan bog‘liq muammolar 2015 yilda kuzatila boshlangandi.
O‘shanda o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari iyul oyi oxirlarida Skype messenjeri orqali video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda muammolar yuzaga kelayotgani haqida gapirib o‘tgandi. Matnli xabarlarda esa bu muammo kuzatilmagan.
2021 yilning iyul oyi boshida O‘zbekistonda Twitter va TikTok'ka cheklov qo‘yilib, “O‘zkomnazorat” O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga qonunga zid ravishda ishlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklangani haqida bayonot bergandi.
2021 yil 16 apreldan boshlab “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga yangi qo‘shilgan 27-1 modda kuchga kirgan. Bu moddaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlar jisman O‘zbekiston hududida joylashgan serverlarda saqlanishi talab qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi