1 428
Telegram O‘zbekistonda shantaj qilish yo‘li bilan o‘smirlardan pul undirib kelgan kanalni blokladi
O‘zbekistonda shantaj qilish yo‘li bilan o‘smirlardan pul undirib kelgan kanalni Telegram blokladi, deya xabar qilmoqda «Podrobno.uz».
Ma’lum qilinishicha, Telegram-kanalning asosiy maqsadi maktab o‘quvchilari va o‘smirlardan pul undirish bo‘lgan. Kanal adminlari o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardagi profillaridan olingan haqiqiy suratlarini kanalga joylashtirib, ularning tagiga suratdagilar noan’anaviy yo‘nalish vakillari yoki ijtimoiy mas’uliyati past shaxslar ekani haqida izohlar qoldirgan. Keyin ushbu post havolasini (linkini) 150 ming so‘m evaziga o‘chirish taklifi bilan surat egasiga yuborgan.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi matbuot kotibi ma’lum qilishicha, fond darhol Telegram asoschisi Pavel Durov bilan bog‘lanib, kanalni bloklab qo‘yishni so‘ragan.
Fond Pavel Durovga kiberbullingning oldini olishda shaxsiy ishtiroki, tezkor yordami va qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildirgan.
«Biz Pavel Durov va uning jamoasi noqonuniy kontent tarqalishining oldini olishga, ayniqsa, o‘smirlar xavfsizligiga jiddiy yondashganini qadrlaymiz. Bilamizki, 2018 yilning noyabr oyidan beri Telegram bolalar bezoriligi bilan shug‘ullanayotgan 18 493 ta kanal va guruhlarni yopdi. Kompaniya o‘z missiyasiga — butun sayyorada aloqa uchun xavfsiz sharoitlarni ta’minlashga qat’iy amal qiladi», — deb yozadi fond matbuot kotibi.
Kiberbulling holatlari haqida [email protected] manziliga murojaat qilish so‘raladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi