«Eng nurli» smartfonlar aniqlandi

Foto: «YouTube»
Bankless Times elektromagnit nurlarini eng ko‘p taratadigan smartfonlar ro‘yxatini tuzdi.
SAR (Specific Absorption Rate, elektromagnit nurlarining yutilish koeffitsiyenti) darajasi 1,79 Vt/kg ga teng Motorola Edge smartfoni — ushbu ro‘yxat yetakchisi. Ya’ni bu telefon AQSH federal aloqa komissiyasi tavsiya qilgan maksimum (1,6 Vt/kg)dan ham ko‘p nurlanish chiqaradi.
Ro‘yxatga kirgan qolgan smartfonlar ham androidda ishlaydi, biroq ular tavsiya etilgan limit «ichida».
Nur taratish xavfliligi bo‘yicha ikkinchi smartfon — beshinchi avlod tarmoqlarida ishlovchi ZTE Axon 11 (Xitoy), uchinchi o‘rinda — «ma’nan eskirgan» OnePlus 6T.
Ba’zilar xavfli hisoblovchi elektromagnit nurlarini tarqatuvchi smartfonlar orasida uchta guglofon bor: Pixel 3XL, Pixel 4a va Pixel 3.
Shuningdek, Sony Xperia XA2 Plus, Sony Xperia XZ1 Compact va OnePlus 6 smartfonlarini ham ushbu ro‘yxatda uchratasiz.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bankless Times elektromagnit nurlarini eng ko‘p taratadigan smartfonlar ro‘yxatini tuzdi.

Izohlar 0
…