Shavkat Mirziyoyev 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan IT sohasiga doir yig‘ilishda vazirlik va tashkilotlarga bir qator vazifalar yukladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
«Axborot texnologiyalari vazirligi nafaqat o‘z tarkibidagi korxonalar bilan, balki barcha tarmoq va hududlarda raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bilan bevosita shug‘ullanishi shart», — deydi prezident.
Endilikda vazirlik rahbariyati har hafta tumanga, qishloqqa, mahallaga, korxonalarga borib, joylardagi muammolarni o‘rganadi va hal etib boradi. Har bir vazirlik, idora va hokimlarning IT’ga mas’ul o‘rinbosari AKT vaziriga bo‘ysunadi, ularning ishi har chorakda aniq natijalarga qarab baholanadi.
Davlat rahbari O‘zbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantirish vazifasini qo‘ygan. Buning uchun:
- IT eksportini yil yakuniga qadar kamida 100 million dollarga yetkazish;
- ichki IT xizmatlari hajmini yiliga kamida 50 foizga o‘sishini ta’minlash;
- joriy yilda qolgan 6 ta hududda ham IT-parklarni to‘liq ishga tushirish va malakali kadrlar ta’minlash;
- qolganlarida kamida 20 tadan kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va 5 ming nafar yoshlarni yuqori daromadli ish bilan ta’minlash zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi