Foto: Cosmopolitan
Ma’lum bo‘lishicha, sut va tvorog organizm uchun juda ham zarur bo‘lgan kalsiyning yagona manbai emas. Sut mahsulotlariga allergiyasi bo‘lgan insonlar uchun ushbu foydali element bilan ta’minlaydigan muqobil mahsulotlar mavjud.
Hatto bolalar ham kalsiyning tish, suyaklar va biriktiruvchi to‘qimalar salomatligi uchun mas’ul ekanini biladi. Afsuski, ushbu element organizm tomonidan o‘z-o‘zidan ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun uni iste’mol qilish salomatlik uchun juda muhim.
Baliq
Foto: Cosmopolitan
Baliq organizm uchun ajoyib kalsiy yetkazib beruvchi hisoblanadi. Atigi 100 gramm losos yoki sardina taxminan 350 milligramm kalsiyni o‘z ichiga oladi. Bir kishi uchun kunlik norma esa 1000 milligrammni tashkil etadi. Bundan tashqari, losos balig‘i organizmda kalsiyning so‘rilishiga yordam beradigan D vitaminining manbai sanaladi.
Suli yormasi
Foto: Cosmopolitan
Suli yormasining o‘rtacha porsiyasida taxminan 200 milligramm kalsiy mavjud. Shuning uchun ham tongni suli yormasi o‘rin olgan nonushta bilan boshlash organizm uchun foydali.
Ko‘kat va yashil sabzavotlar
Foto: Cosmopolitan
Ismaloq, salat bargi, maydanoz (petrushka) va karam ham kalsiyga boy. Tushlik yoki kechki ovqat paytida yuqorida sanab o‘tilgan sabzavotlar iste’mol qilinsa, organizm salomatlik va go‘zallik elementi — kalsiyga bo‘lgan kunlik ehtiyojning deyarli yarmini qabul qiladi.
Sitrus mevalar
Foto: Cosmopolitan
Ajablanarli, ammo haqiqat: bir stakan apelsin yoki greypfrut sharbati bir stakan sutga qaraganda ko‘proq kalsiyni o‘z ichiga oladi. Biroq haddan tashqari ko‘p ichish mumkin emas, chunki ularning tarkibida ko‘p miqdorda shakar mavjud. Sharbatdan haftasiga bir yoki ikki stakan ichish salomatlik uchun me’yoriy hisoblanadi.
Anjir
Foto: Cosmopolitan
Ma’lum bo‘lishicha, hatto qandli diabetga chalingan bemorlarga ham tavsiya etiladigan anjir mevasi kalsiyga nihoyatda boy. Olimlar kuniga 4 dona anjir iste’mol qilish kalsiyga bo‘lgan kunlik ehtiyojning to‘rtdan bir qismini ta’minlashini aniqladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar