Foto: Marie Claire
Tishlarni ehtiyotkorlik bilan yuvish va tish shifokoriga muntazam ravishda tashrif buyurish — tish salomatligi kafolatlangan, degani emas. Aksariyat insonlar o‘zi bilmagan holda ularga zarar berib boradi. Marie Claire nashri uzoq vaqt davomida chiroyli tabassumni saqlab qolish uchun nima qilishni to‘xtatish kerakligini ma’lum qildi.
Tirnoqlarni tishlash
Ba’zilarda tashvishlanayotganda yoki biror narsa haqida chuqur o‘ylaganda doimiy ravishda tirnog‘ini tishlash odati bor. Afsuski, bu zararsiz ko‘ringan odat tishlarda yoriq, shuningdek, tish emalining yemirilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, tirnoq tishlash paytida jag‘ning pastki qismi g‘ayritabiiy burchak ostida oldinga qarab o‘sadi. Vaqt o‘tishi bilan bu temporomandibular buzilishni keltirib chiqarishi va og‘riqlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Foto: Marie Claire
Tishlarni g‘ijirlatish
Tishlarning ixtiyorsiz bir-biriga ishqalanishi bruksizm deb ataladi va bunga stress yoki uyqu apnesi sabab bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bu odat jag‘ og‘rig‘iga, tishlarning parchalanishiga, yuz mushaklari faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, agar siz yoki yaqinlaringiz tishlarini g‘ijirlatayotganingizni sezsangiz, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilib, bu muammoni hal qilish lozim.
Tishlaringizni juda qattiq yuvish
Qattiq tolali tish cho‘tkasi bilan juda uzoq va qattiq yuvish nafaqat tish emaliga zarar yetkazadi, balki milk uchun ham yaxshi emas. Buning o‘rniga tishlarni yumshoq cho‘tkadan foydalanib, uch-to‘rt daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.
Foto: Marie Claire
Har qanday narsani tishlar bilan ochish
Shisha, sumka va boshqa har qanday qadoqlarni tishlar bilan ochish juda ham yomon odat. Bu tishning sinishi yoki darz ketishiga olib kelishi mumkin.
Foto: Marie Claire
Kam suv ichish
Toza ichimlik suvini yetarli darajada ichish sog‘lom tishlar garovidir. Gap shundaki, bir stakan suv og‘izdan oziq-ovqat zarralari, bakteriya va kislotalarni yuvishga yordam beradi. Sharob yoki qahva ichgandan so‘ng darhol suv qoplama (blyashka) keltirib chiqaradigan kimyoviy moddalarni yuvib tashlaydi.
Ortiqcha ovqatlanish
Oshqozon-ichak traktidan tashqari, muntazam ravishda ortiqcha ovqatlanish tishlar uchun juda zararli. Og‘izdagi ovqat qoldiqlari zararli bakteriyalar uchun ajoyib nishondir, ayniqsa qoldiqlar shirinlikniki bo‘lsa. Bakteriyalar shakar bilan oziqlanganda, ular tish emalini zaiflashtiradigan va milkka zarar yetkazadigan kislotalarni ishlab chiqaradi.
Foto: Marie Claire “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda