06:00 / 07.06.2022
1 632

Shifokor soch to‘kilishiga sabab bo‘ladigan dorilarni aytdi

Shifokor soch to‘kilishiga sabab bo‘ladigan dorilarni aytdi
Shifokor Aleksandr Myasnikov “Rossiya 1 ” telekanali efirlaridan birida soch to‘kilishiga sabab bo‘luvchi dori-darmon vositalarini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, taxminan 20% soch to‘kilishi tepakallikning belgisi bo‘lishi mumkin. Yuqori qon bosimi, tomir tortishi va oshqozon kasalliklariga qarshi vositalar va antibiotiklar soch to‘kilishiga olib keladi.

Qanday dorilarni qabul qilayotganingizni qattiq nazorat qilishingiz kerak. Soch to‘kilishiga qarshi vitaminlarda aslida sizga kerak bo‘lmagan moddalar bo‘lishi mumkin”, - deydi Myasnikov.

Shifokorning aytishicha, temir, oqsil moddalarining yetishmasligi, kamqonlik sabab asosan ayollarda soch ko‘p to‘kiladi. Shuningdek infeksiyali, surunkali, oshqozon osti bezi kasalliklari va asabiylashishda ham sochlar muntazam to‘kilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shifokor soch to‘kilishiga sabab bo‘ladigan dorilarni aytdi