Nega yozda bosh og‘riqlari ko‘payadi, qanday qutulish mumkin?

Nega yozda bosh og‘riqlari ko‘payadi, qanday qutulish mumkin?
Nega yozda bosh og‘riqlari ko‘payadi, undan qanday qutulish mumkin? Shifokor-nevrolog Pavel Xoroshev shu haqda so‘z yuritdi.

Kunlar isishi bilan inson tanasidan ter ajralishi kuchayadi, oqibatda organizmda suv yetishmay qolishi mumkin. Yozda kuzatiladigan bosh og‘riqlarining eng asosiy sabablaridan biri — suyuqlik tanqisligi.

Organizmga suv yetishmasligi, o‘z navbatida, miyaning qon bilan ta’minlanishiga ta’sir qiladi. Qon reologiyasi, ya’ni oquvchanligi susayib, barcha a’zolar, jumladan, eng ko‘p energiya sarflovchi organ — bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi. Bosh og‘rishi shundan.

Yoz faslida sutkasiga 2-2,5 litrgacha suv ichish kerak. Shunda mavsumiy bosh og‘rig‘i o‘tmishga aylanadi, dedi shifokor. Qishki sutkalik suv me’yori esa 1,5-2 litr.

Biroq bu tavsiyalar sog‘lom odamlar uchun, ogohlantirdi u. Agarda odam yurak yoki buyrak xastaliklariga chalingan bo‘lsa, ko‘p miqdordagi suv unga aks ta’sir qilishi ham mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar