
Yuqori qon bosimini nafaqat dori vositalari bilan, balki oddiy mevalar bilan ham barqarorlashtirish mumkin. Bu haqda dietolog Juliya Apton Eat This, Not That portaliga ma'lumot bergan.
Mutaxassisning fikriga koʻra, bosimni normallashtirish uchun tsitrus mevalarini ratsionga kiritish lozim. Apelsin, limon va greypfrutlarda koʻp miqdorda S vitamini, antioksidantlar va qon tomirlari devorlarini mustahkamlovchi kaliy mavjud.
«Greypfrut yoki apelsin sharbatining yana bir inkor etilmaydigan afzalligi - bu organizmda suvni ushlab turadigan va bosimning oshishiga olib keladigan natriyning yoʻqligi. Kuniga bir stakan sharbat uni barqarorlashtirishga yordam beradi», deydi dietolog.
Bundan tashqari, shakarsiz va toʻliq sutsiz nordon sutli ichimliklarni tez-tez iste'mol qilish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar