SSV matbuot xizmati ma’lum qilishicha, tanadagi yod miqdori kamayishi bola miyasi rivojlanishi buzilishi, hatto endemik buqoq, aqliy zaiflik, perinatal va chaqaloqlar o‘limi ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, yod tanqisligi tug‘ma kasalliklar darajasini oshiradi, homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda miyaning qaytarilmas shikastlanishi, intellektual salohiyati pasayishiga ham olib keladi.
«Vazirlik va Sanepid xizmat mutaxassislarining tekshiruvlarida yuqoridagi suratlarda keltirilgan osh tuzlarida inson salomatligi uchun muhim bo‘lgan yod miqdori yetishmasligi aniqlandi.
Hurmatli fuqarolar! Sog‘liqni saqlash vazirligi osh tuzini iste’mol qilayotganingizda, albatta, uning yodlangani va sifatiga e’tiborli bo‘lishingizni so‘rab qoladi», deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonning barcha hududida yod tanqisligi bilan bog‘liq kasalliklarga chalinish mumkin. Bu haqda 5 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirga kelib O‘zbekiston sharoitida aholisi yod tanqisligi bilan bog‘liq kasalliklarga chalinish xavfi bo‘lmagan hudud yo‘q, negaki respublikaning shu kungacha o‘rganilgan barcha hududlarida aholi ratsionida yod tanqisligi mavjudligi kuzatilgan.
Akademik, Ya.X.To‘raqulov nomidagi Endokrinologiya RIIATM tomonidan respublikaning barcha hududlarida olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, fuqarolar tomonidan kunlik o‘rtacha yod iste’moli sezilarli darajada kamaygan bo‘lib, bor-yo‘g‘i 32-64 mkg ni tashkil etadi. Zarur bo‘lgan minimal miqdori esa 150-200 mkg ga tengdir.
JSST fikriga ko‘ra endemik bo‘qoqning sporadik shakllari 5 foizga kamayishiga erishilsa, u holda YTK to‘liq bartaraf qilingan hisoblansa-da, O‘zbekistonda bugungi kunda yod tanqisligi og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi