Foto: Getty Images
Uyquga yotishdan oldin ham telefoningizdan ajrala olmayapsizmi? U holda gadjetning sog‘ligingiz qanday zarar yetkazishi mumkinligini bilish siz uchun foydali bo‘ladi.
Ko‘z xiralashishi
Ko‘z oldida «tuman», «xira ko‘rish» — tuni bilan ijtimoiy tarmoq lentalarini varaqlab, uxlamaydiganlar muammosi hisoblanadi. Shunga o‘xshash alomatlar ko‘rishning haddan tashqari kuchlanishi va ko‘z akkomadatsiyasi spazmi tufayli yuzaga keladi. Gap shundaki, ekranga uzoq vaqt qarasangiz, ko‘rish qobiliyati yo‘qoladi. Ko‘z gavhari yaqin va uzoq masofalardagi narsalarni idrok etishga moslashish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotadi. Ko‘zlaringizni himoya qilish uchun ekran yorqinligini pasaytiring va telefondan ko‘p foydalanmang.
Uyqu buzilishi
Moviy nurning xavfliligi haqida eshitganmisiz? Uning tabiatdagi asosiy manbai quyosh, kundalik hayotda esa elektron gadjetlardir. Moviy yorug‘lik melatonin (gipofiz gormoni) ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va bu hissiy holatga yomon ta’sir qiladi va tabiiy bioritmlarning buzilishiga olib keladi. Natijada odam bezovta uxlaydi, ertalab esa o‘zini haddan tashqari charchab uyg‘onadi. Uyqu buzilgandan so‘ng kayfiyat yomonlashadi, ish samarasi kamayadi.
Bo‘yin og‘rig‘i
Agar bo‘yin og‘rig‘idan azob chekayotgan bo‘lsangiz, yotoqda telefondan foydalanish muammoni yanada kuchaytiradi. Ekranga qarash uchun boshingizni oldinga egganingizda, og‘riqni keltirib chiqaradigan mushaklarga bosim tushadi. Agar uxlashdan oldin telefonda «o‘tirish» odatidan voz kechish qiyin bo‘lsa, hech bo‘lmaganda ko‘z balandligida ushlashga harakat qiling.
Terining tez qarishi
Ma’lum bo‘lishicha, gadjetlar tufayli teri ham aziyat chekmoqda — yuz mushaklarining haddan tashqari kuchlanishi tufayli yoshga bog‘liq o‘zgarishlar aniqroq ko‘rinadi va boshning doimiy egilishi sabab bo‘yinda ajinlar va burmalar paydo bo‘ladi. Siz yuz terisini parvarish qilish uchun har qancha pul sarflashingiz mumkin, ammo shu birgina yomon odat barcha harakatlaringizni bekor qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi