1 622
Bir hafta ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmagan inson organizmida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Foto: «pexels.com»
Har kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirish qulay — yulduz va yaqinlar hayotidan barcha yangiliklarni darhol bilib olish mumkin. Shu bilan birga, yangi xabarlar ko‘pincha sizdan tashqari hammani zavqlanayotgandek ko‘rsatadi. The Voice Mag nashri agan inson hafta davomida ijtimoiy tarmoqdan foydalanmasa, uning organizmida nima ro‘y berishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Britaniyalik olimlar fikri
Odamlar doimo ijtimoiy tarmoqlarning xavfliligi haqida gapiradi: ularning psixikaga salbiy ta’sirini tasdiqlovchi ko‘plab ilmiy ishlar mavjud. Ammo britaniyalik olimlar — Jeffri Lambert, Jorj Barnsteybl, Eleanora Minter, Jemayma Kuper va Desmond Makyuan masalani boshqa tomondan ko‘rib chiqishga qaror qildi.
Tadqiqot natijalari Cyberpsychology, Behavior and Social Networking jurnalida 2022 yil may oyida chop etilgan. Unda 18 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lgan 308 nafar fuqaro ishtirok etdi. Bu odamlarning barchasi doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarga kirgan, ammo tajriba davomida ularning yarmi ilovalardan foydalanish vaqtini imkon qadar qisqartirishi kerak edi. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Bata Jeffri Lambertning ma’lum qilishicha, olimlar ijtimoiy tarmoqlar ko‘pchilik uchun hayotning ajralmas qismi ekanini tushundi va ulardan butunlay voz kechish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Tanaffus oldidan barcha ishtirokchilar o‘zini qanday his qilayotganini aniqlovchi sinovdan o‘tkazildi, bu, xususan, ularning tushkunlik darajasini va depressiyaga moyilligini ko‘rsatdi. «Biz virtual hayotdan tanaffus qilish inson ruhiyatiga foyda keltiradimi yoki yo‘qligini bilmoqchi edik», — deb tushuntirdi Jeffri Lambert.
Tajriba natijalari
Ekranlarni o‘chirishdan so‘ng aniq bo‘lgan birinchi narsa, ishtirokchilar haftasiga to‘qqiz soat bo‘sh vaqtga ega bo‘ldi. O‘ylab ko‘ring — bu ingliz tili darslarining to‘qqiz akademik soati, oltita bir yarim soatlik amaliyot yoki qo‘shimcha tungi uyqu degani. Bu vaqt ko‘p hollarda afsuski, qizig‘i yo‘q odamlarning hayotini tomosha qilishga sarflanadi.
Takroriy sinovlar natijasida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarga kirishni to‘xtatgan odamlarda tushkunlik kamroq bo‘lgani, depressiyaga moyilligi pasayganligi va o‘zining holati sezilarli darajada yaxshilangani ma’lum bo‘ldi.
Olimlar tajribani davom ettirish niyatida: endi ular uzoqroq muddatli «detoks» odamlarga qanday ta’sir qilishini aniqlamoqchi. Ma’lum bo‘lganidek, ijtimoiy tarmoqlardan butunlay voz kechish shart emas va hatto qisqa tanaffus ham hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun yetarli. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...