10:50 / 02.08.2022
1 667

Qahva o‘rniga choy ichilsa, salomatlik bilan bog‘liq qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Qahva o‘rniga choy ichilsa, salomatlik bilan bog‘liq qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Foto: «Noviy ochag»
Ertalabki qahvadan charchaganlar yoki hayotida nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘lganlarga choy ichish tavsiya etiladi. Qarabsizki, sog‘liq uchun foydali bo‘lgan o‘zgarishlar yuz beradi. «Noviy ochag» nashri qahva o‘rniga choy ichishni boshlash organizmga qanday ta’sir qilishi haqida so‘z yuritdi.

Tishlar oqaradi

Chiroyli tabassumni yo‘qotishning sabablaridan biri — bu bir chashka qahva. Choy ham tishni sarg‘aytirishi mumkin, ammo qahva kabi emas. Ayniqsa, ko‘k choy hammasidan afzal.

Xolesterin darajasi pasayadi

Agar siz espresso yoki fransuz press qahvasini afzal ko‘rsangiz, bu yomon: ular yurak va qon tomirlari uchun zararli bo‘lgan xolesterinni oshirishi mumkin bo‘lgan birikmalarni o‘z ichiga oladi. Qaysi qahva foydali va qaysi biri yomon ekanligini aniqlashni xohlaysizmi? Shunchaki, choy ichishni boshlang!

Jig‘ildon qaynashi kamayadi

Tez-tez qahva ichadiganlarda kofein oshqozon va qizilo‘ngach o‘rtasidagi mushaklarga ta’sir qilishi va me’da shirasining ochiq bo‘shliqqa kirib borishi tufayli jig‘ildon qaynashi rivojlanishi mumkin. Choyda kofein ko‘p bo‘lishiga qaramay, u bunday ta’sir ko‘rsatmaydi va jig‘ildon qaynashini kamroq keltirib chiqaradi.

Uyqu sifati yaxshilanadi

Choy juda ko‘p kofeinni o‘z ichiga oladi, ba’zi navlarda u qahvaga qaraganda bir necha baravar ko‘p. Lekin uyqu sifati uchun qahva kabi xavfli emas. Agar muntazam ravishda uxlab qolish qiyin bo‘lsa, qahva o‘rniga choy ichish tavsiya etiladi.

Asabiylikni kamaytiradi

Kuniga to‘rt stakandan ortiq qahva ichadiganlarda asab tizimining juda ko‘p qo‘zg‘alish ehtimoli bor. Bu tashvish, xavotir va asabiylashish darajasining oshishi bilan ifodalanishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, ko‘proq choy ichishga harakat qilish kerak, uning tinchlantiruvchi xususiyati asablarga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.

Mushaklar spazmidan xalos bo‘lish mumkin

Tomir tortishi — bu magniy yetishmovchiligi tufayli kuzatilishi mumkin. Magniy tanqisligi esa qahva tufayli paydo bo‘ladi, u organizmda elementning so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Bir muddat choy ichish esa tomir tortishishi va spazmlarni yengishga yordam beradi.

Saraton rivojlanishi ehtimoli kamayadi

Muntazam choy iste’mol qilish jigar va yo‘g‘on ichak saratoni, shuningdek, oshqozon, oshqozon osti bezi va ko‘krak saratoni rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Bu choy barglarida mavjud bo‘lgan antioksidant EKGC bilan bog‘liq: u saraton hujayralari rivojlanishiga yordam beruvchi erkin radikallar ta’siriga qarshi kurashda yordam beradi.

Organizmda suyuqlikni me’yorda ushlab turadi

Har bir chashka qahvadan keyin organizmdagi suyuqlik muvozanatini saqlash uchun bir stakan suv ichish lozim. Choy esa bunday ta’sirga ega emas va uning o‘zi suyuqlikni saqlab qolishga yordam beradi. Natijada organizm yanada faollashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qahva o‘rniga choy ichilsa, salomatlik bilan bog‘liq qanday o‘zgarishlar yuz beradi?