Parhezshunos, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginzburg ayrim holatlarda tarvuz iste’moli buyrak va yurak muammolari bo‘lgan odamlarning sog‘lig‘ini yomonlashtirishi haqida ogohlantirdi.
«Bular asosan yurak yetishmovchiligi, shishi va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan odamlardir», dedi Ginzburg.
U tarvuzning 90-95 foiz suvdan iboratligini eslatib, sog‘lig‘i tufayli suv iste’molini nazorat qilishga majbur bo‘lgan odamlar mevani cheklashlari kerakligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, tarvuzning tarkibidagi qolgan 5 foiz fruktoza tanaga juda tez kiradi. Ginzburgning ta’kidlashicha, bir vaqtning o‘zida juda ko‘p shakarni iste’mol qilish metabolizmni buzadi, natijada semizlik, yoshga bog‘liq kasalliklar va keksalikni keltirib chiqaradi.
Tibbiyot fanlari doktori tarvuzni bir yarim bo‘lak ovqatdan so‘ng va sekinlik bilan iste’mol qilishni maslahat berdi. Shuningdek, u tarvuzni non bilan birga iste’mol qilish foydali ekanligini, shu bilan tanadagi suyuqlik va shakar miqdorini nazorat qilish mumkinligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»