06:00 / 14.09.2022
1 344

Nima uchun homilador ayollar ko‘proq piyoda yurishi kerak?

Nima uchun homilador ayollar ko‘proq piyoda yurishi kerak?
Kichkintoyning dunyoga kelishini kutish vaqtida qoidalarga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar har o‘n yilda o‘zgarib turadi. Bu normal holat, chunki turmush tarzi ham yillar mobaynida o‘zgarib boradi, deb yozadi Wday.

30 yil oldin odamlar bugungidek tez-tez samolyotlarda uchmagan, sport zallari va basseynlarga ommaviy ravishda bormagan, hayot ritmi va stress darajasi butunlay boshqacha edi. Ammo o‘zgarishsiz qoladigan yagona narsa shuki, homilador ayol jismoniy faoliyatga muhtoj.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bo‘lajak onalar uchun jismoniy faollik va toza havo har qachongidan ham zarur.

1. Chunki bu immunitet tizimini mustahkamlaydi va tashqarida infeksiyani yuqtirish ehtimoli gavjum xonaga qaraganda ancha past.
2. Yurish ichaklar faoliyatini yaxshilashga yordam beradi, ko‘plab homilador ayollar ich qotishiga duch keladi.
3. Yurish — varikoz tomirlari, shish va ortiqcha vaznning oldini oladi.

Ammo, odatdagidek, unutmaslik kerak bo‘lgan narsa bor. Agar ayol homiladorlikdan oldin ko‘p yurmagan bo‘lsa, uzoq yurishni to‘satdan boshlamaslik kerak.

Agar bachadonda gipertonus, kuchli toksikoz, tushish xavfi yoki suvi ko‘p bo‘lsa, yurishga ehtiyotkorlik bilan murojaat qilish lozim. Chunki oxirgi bosqichlarda to‘lg‘oq to‘satdan boshlanishi mumkinligini yodda tutish kerak: buning uchun uydan uzoqqa bormaslik, telefon quvvatlangan bo‘lishi va tug‘ruqxona uchun sumka tayyor turishi shart. Homiladorlik paytida siz tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lmasa, sport zali va hovuzga borishni davom ettirish mumkin.

Bundan tashqari, yiqilish yoki jarohat olish xavfi mavjud bo‘lgan haddan tashqari zo‘riqtiruvchi faol sport turlaridan qochish kerak. Lekin homiladorlar uchun sayohat qilish foydali.

Qolaversa, farzand kutayotgan onalarda ajoyib taassurot va his-tuyg‘ular paydo bo‘lishi yaxshi, shuning uchun ham ular ko‘proq zavqlanishi kerak. Ammo sifatli himoya, tibbiy yordamdan foydalanish, foydali oziq-ovqatga boy ratsion haqida unutmaslik tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Nima uchun homilador ayollar ko‘proq piyoda yurishi kerak?