12:47 / 12.10.2022
1 307

Styuardessa, ofis menejeri va saraton xavfini oshiradigan boshqa 7 ta kasb

Styuardessa, ofis menejeri va saraton xavfini oshiradigan boshqa 7 ta kasb
Ba’zi kasblar turli xil saraton xastaligi xavfini bir necha borga oshiradi, shuning uchun tanlagan kasb xavfli ro‘yxatga kiritilgani haqida bilib qo‘yish zarar qilmaydi.

Styuardessa
Ko‘krak bezi saratoni xavfi 50 foiz, melanoma teri saratoni xavfi 4 baravar yuqori, bachadon bo‘yni, bachadon, qalqonsimon bez, qizilo‘ngach, yo‘g‘on ichak, oshqozon, jigar va oshqozon osti bezi saratoni rivojlanishi xavfi ham ancha yuqori. Ushbu qo‘shimcha xavflarning barchasi styuardessalar va bort xodimlarida yuqori balandlikda ionlashtiruvchi nurlanish ta’siridan kelib chiqadi.

Foto: «Yandeks.ru»

Uchuvchi
Uchuvchi va boshqa samolyot ekipaji a’zolarida teri saratoniga chalinish xavfini ikki baravar yuqori. Bularning barchasi nurlanish tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun ham ushbu kasb egalari boshqalarga nisbatan ertaroq nafaqa chiqadi.

Payvandchi
O‘pka, buyrak saratoni, shuningdek, ko‘z melanomasi payvandchilarning kasb kasalligidir. Hammasi metal qizdirilganda ajraluvchi gazlar bilan bog‘liq. Uarning aksariyati zaharli va sog‘liq uchun xavflidir.

Foto: «Yandeks.ru»

Harakat talab etmaydigan kasb
Endometriya saratoni xavfi 32 foiz, yo‘g‘on ichak saratoni xavfi 24 foiz, bundan tashqari, har ikki soatlik ish xavfni yana 10 foizga oshiradi. Afsuski, agar ish ofisda bo‘lsa va ish kunining ko‘p qismi o‘tirish bilan o‘tkazilsa, sog‘liqni saqlashning bitta usuli bor. Buning uchun har soatda tanaffus qilish va jismoniy mashqlarni bajarish kerak. Tushlikda ham kamida 10 daqiqa piyoda yurish tavsiya etiladi.

Manikyur ustasi
Tirnoq parvarishi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar nafas olayotgan kimyoviy moddalar, chang va tirnoq zarralari o‘pka va teri saratoni xavfini sezilarli darajada oshiradi. Xavfni xonani muntazam shamollatish, ish vaqtida niqob va qo‘lqoplardan foydalanish orqali kamaytirish mumkin.

Foto: «Yandeks.ru»

O‘t o‘chiruvchilari
Yong‘in, tutun va qulab tushish arafasida turgan binolar emas, aksincha saraton kasalligi ushbu kasb egalarining asosiy dushmani sanaladi. Yelim, qurilish materiallari va hattoki yong‘in vatqida ajralib chiqadigan zaharli moddalar tuxumdon saratoni va mezotelioma rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Tungi ish
Agar ish faoliyati tunda amalga oshadigan bo‘lsa, xatarli o‘smalar paydo bo‘lishi xavfi kunduzgiga qaraganda ancha yuqori. Massachusets Texnologiya instituti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasida qayd etilishicha, tabiiy ritmning buzilishi hujayralarda xavfli oqsil to‘planishiga va o‘smalar rivojlanishiga olib keladi.
https://kommers.uz/wp-content/uploads/2022/08/photo_2022-08-16_13-24-06.jpg

Sartarosh
Sochini vaqti-vaqti bilan bo‘yatib, kimyoviy moddalar bilan jingalak qiladiganlar xavfli kasallik haqida qayg‘urmasa ham bo‘ladi. Lekin muntazam ravishda ushbu kasb bilan shug‘ullanish saratonning ayrim turlarini rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bunday vaqtda himoyalanish uchun qo‘lqop, niqob va xonani tezt-tez shamollatish tavsiya etiladi.

Laboratoriya assistenti
Agar oilada kimdir ko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan bo‘lsa, demak, ular orasidan hech kim laboratoriyaga bormasligi kerak. Saraton tadqiqotlari jurnalida chop etilgan izlanishga ko‘ra, bu kasallik xavfini ikki baravarga ko‘payishini tasdiqlaydi.

Foto: «Yandeks.ru»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Styuardessa, ofis menejeri va saraton xavfini oshiradigan boshqa 7 ta kasb