22:55 / 20.10.2022
1 162

Uyquning nafaqat tashqi ko‘rinishga, balki sog‘liqqa ham foydali jihatlari

Uyquning nafaqat tashqi ko‘rinishga, balki sog‘liqqa ham foydali jihatlari
Foto: «Yandeks.ru»
«Uyqu — eng yaxshi dori» iborasini eslaysizmi? Ilgari onalar va buvilar kasal bo‘lganda birinchi navbatda «uxlash kerak va hammasi o‘tib ketadi» deb maslahat berishgan, biroq endi neyrobiologlar ham bu fikrga qo‘shilmoqda.

Tyubingen universiteti tadqiqotchilari guruhi 2011 yilda doimiy va uzoq uyqu immunitet tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Uyqu yetishmasligi tananing himoya funksiyalarini zaiflashtiradi va unda sodir bo‘ladigan biokimyoviy, shu jumladan dorilar qo‘zg‘atadigan jarayonlarga salbiy ta’sir qiladi.

Buni tekshirish uchun olimlar gepatit A ga qarshi ikki guruh insonlarni emladi; ba’zilarining uxlashiga ruxsat berildi, boshqalari esa kun davomida hushyor turishini so‘rashdi. Keyingi qon tekshiruvi birinchi guruhdagi insonlarning emlashga reaksiyasi va umumiy immuniteti uyqusizlikdan charchagan insonlarga qaraganda ancha yaxshi bo‘lgan. Bularning barchasi yaxshi gormonal muvozanat, qon, limfa oqimi va shuning uchun immunitet hujayralarining yuqori faolligi tufayli. Immunitet va uyqu o‘rtasidagi munosabatni o‘rgangan boshqa olimlar ham xuddi shunday xulosaga kelgan.

Bundan qanday xulosalar chiqarish mumkin? Juda oddiy: «immunitet» uchun superfudlar, zanjabil yoki vitamin qo‘shimchalaridan qanchalik foydalanmang, ularning yuz foiz ishlashiga yordam beradigan asosiy narsa — bu sog‘lom uyqu hisoblanadi. Yaqin kelajakda kech qolmaslik, ijtimoiy tarmoqlardan kam foydalanish va tungi teleko‘rsatuvlarni kamroq tomosha qilish eng yaxshi motivatsiya.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Uyquning nafaqat tashqi ko‘rinishga, balki sog‘liqqa ham foydali jihatlari