Sochlarini tekislash uchun kimyoviy vositalardan foydalanadigan ayollarda bachadon saratoniga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi. Bu haqida AQSH sog‘liqni saqlash milliy instituti olimlari xabar berishmoqda.
Tadqiqotda 35 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan ayollar ishtirok etishgan. Ma’lum bo‘lishicha, bir yilda 4 martadan oshiq kimyoviy tekislovchi vositalardan foydalanadigan ayollarda bachadon saratoniga chalinish xavfi 155% bo‘ladi.
“Hech qachon soch tekislovchi vositalardan foydalanmagan ayollarning 1,64 foizi 70 yoshga kelib bachadon saratoniga chalinadi, biroq bunday kimyoviy vositalardan tez-tez foydalanadigan ayollarda xavf 4,05% ga ortadi”, - deyiladi tadqiqotda.
Mutaxassislar kimyoviy vositalarning aniq brendini o‘rganishmaganini aytib o‘tishgan. Ularning fikricha, saraton kelib chiqishining asosiy sabab vosita tarkibidagi paraben, bisfenol A, metall va formaldegid moddalari bo‘lishi mumkin. Ular bosh terisi orqali konga o‘tishlari mumkin.
Shuningdek, tadqiqotchilar boshqa soch vositalarining saraton bilan bog‘liqligini aniqlashmagan. Bo‘yoq, oqartiruvchi vositalar hamda kimyoviy jingalak qilish usullari bunday asoratlarga olib kelmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi