1 997
Olimlar surunkali kasalliklar xavfini kamaytirish uchun uyquning minimal davomiyligini ma’lum qildi
Foto: Lifehacker
Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, 50 yoshdan oshgan insonlar ko‘plab surunkali kasalliklar xavfini kamaytirishi uchun kuniga kamida besh soat uxlashi kerak. Parij-Cite universiteti tadqiqotchilari shu xulosaga keldi, deb xabar bermoqda Lifehacker nashri.
Olimlarning ta’kidlashicha, keksa insonlar sog‘lom bo‘lishi uchun kuniga besh soat uxlashi kerak. O‘rtacha ko‘proq uxlaganlar sog‘liq bilan bog‘liq muammolariga duch kelmagan.
Tadqiqotda 50 yoshdan oshgan 7000 ga yaqin britaniyalik davlat xizmatchilari ishtirok etdi, ularda multimorbidlik sindromi bo‘lmagan. Ishtirokchilarning barchasi 1985 yilda Uaytxoll kogort tadqiqotida qatnashgan. Uaytxoll tadqiqoti sog‘liqning ijtimoiy determinantlarini, xususan, Britaniya davlat xizmatchilari orasida yurak-qon tomir kasalliklarining tarqalishi va o‘lim ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqdi. Ularning hozirgi ma’lumotlari uyqu va kasalliklarning rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish uchun yangi tadqiqotda tahlil qilindi.
Keng qamrovli tahlilda olimlar qisqa uyqu davomiyligi surunkali kasallikning boshlanishi va multimorbidlik bilan bog‘liqligini tasdiqladi, biroq surunkali kasallikka chalingan insonlarda bu holat o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Bir qancha tadqiqot natijalari:
- 50, 60 va 70 yoshda uyqu davomiyligi o‘rtacha 5 soatdan ko‘p bo‘lsa, multimorbidlik xavfi yuqori bo‘ladi, uyqu davomiyligi 9 soatdan kam bo‘lishi faqat 60 va 70 yoshda bo‘lgan insonlarda kuzatilgan.
- 50 yoshda qisqa uyqu vaqti birinchi surunkali kasallikning 20 foizga oshishi va keyingi multimorbidlik xavfi bilan bog‘liq bo‘ladi, biroq bu diapazonda o‘lim bilan bog‘liqligi haqida aniq dalillar keltirilmagan.
- Olimlarning fikriga ko‘ra, sog‘lom bo‘lish uchun sakkiz soat uxlash kerak, biroq boshqa rejalar bo‘lsa, unda kuniga besh soat uxlash minimal vaqt hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi