23:40 / 01.11.2022
1 101

Nega ovqat iste’mol qilayotganda qahva ichish mumkin emas?

Nega ovqat iste’mol qilayotganda qahva ichish mumkin emas?
Ko‘pchilik tongni bir chashka issiq qahva bilan boshlaydi. Ba’zilar har ovqatlanish vaqtida qahva ichishni odat qilgan. Lekin to‘g‘ri ovqatlanish hamda qahva ichishning o‘ziga xos qoidalari bor, deb yozadi The Voice Mag.

Qahva hamma narsani mazaliroq qilishi shubhasiz. Hattoki usiz har qanday shirinliklar ham ta’timasligi mumkin. Bundan tashqari, qahva tetiklantiruvchi xususiyatga ega.

Kunini shirinlik va bir chashka qahvasiz tasavvur qila olmaydiganlar diqqatiga: parhezshunoslar qahvani shirinlik, gazak va hatto asosiy taomlar bilan iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan ichimlik deb hisoblaydi.

Albatta, hech kim parhez qoidasini buzishni va kunning istalgan vaqtida qahva ichishni taqiqlamaydi. Ammo shuni tushunish kerakki, aynan shu odat bilan oziq-ovqatdan olinadigan ozuqa moddalarining normal singishiga xalaqit berish mumkin.

To‘g‘ri, olimlar kofeinning ovqat hazm qilish jarayoniga deyarli ta’siri yo‘qligini aniqladi. Ammo ogohlantirilishicha, qahva organizmga temir moddasining singishini sekinlashtiradi — 50 foizga.

Aksariyat ayollarning temir tanqisligi kamqonligidan aziyat chekayotgani hisobga olinsa, qahvani har qanday taomlardan alohida vaqtda, aniqrog‘i ovqatdan taxminan 30-40 daqiqa keyin ichish tavsiya etiladi.

Shuni yodda tutish kerakki, temir tanqisligi nafaqat ichki salomatlikka, balki tashqi ko‘rinishga ham ta’sir qiladi. Qattiq rangparlik, quruq teri va yuz terisida yallig‘lanish kuzatilsa, hech bo‘lmaganda tajriba o‘tkazish uchun ham qahvani ovqatdan keyin darhol ichmaslik kerak. Bu temirga boy tabletkalarni qabul qilishdan ko‘ra sog‘liqni qo‘llab-quvvatlash uchun ancha oddiy choradir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Nega ovqat iste’mol qilayotganda qahva ichish mumkin emas?