06:00 / 07.11.2022
1 557

Ratsionga kiritish tavsiya etiladi: metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan 8 ta mahsulot

Ratsionga kiritish tavsiya etiladi: metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan 8 ta mahsulot
Foto: Wday
Ushbu mahsulotlar yordamida metabolizmni yaxshilash va tezlashtirish mumkin. Ularni ratsionga kiritish tavsiya etiladi, deb yozadi Wday.

Metabolizm — bu moddalar almashinuvidir, shuning uchun inson organizmi doimiy ravishda energiya va hayotiylikni qo‘llab-quvvatlaydigan ozuqa moddalariga muhtoj. Metabolizm faol bo‘lmaganda, nima qilish kerak? Albatta, ushbu muammoning yechimi uni tezlashtirishga yordam beradigan mahsulotlarni iste’mol qilish va sport bilan shug‘ullanishdir.

Rezavorlar

Foto: Wday
Rezavorlar nafaqat mazali, balki foydali ham. Ular antioksidant va kletchatkaga boy. Birinchidan, boshqa narsalar qatori, yosharish uchun, ikkinchidan, sog‘lom ovqat hazm qilish uchun javobgardir. Afzalligi shundaki, rezavorlardan ko‘plab mazali shirinlik va ichimliklar tayyorlanishi mumkin.

Avokado

Foto: Wday
Avokado ko‘pchilik o‘ylaganidek, sabzavot emas, balki biologlar nuqtai nazaridan meva. Avokado mazali, foydali va inson uchun to‘qqizta muhim aminokislotalarni o‘z ichiga oladi. Afsuski, pishgan avokadoni topish qiyin, shuning uchun sotib olgandan keyin uni xona haroratida pishishiga qo‘yish kerak. Bir hafta davomida u pishib, yumshoq va nihoyatda mazali bo‘ladi.

Losos

Foto: Wday
Losos nafaqat metabolizmni, balki teri holatini ham yaxshilaydi. Bundan tashqari, u omega-3 yog‘ kislotalarini o‘z ichiga oladi, ular yurakni yosh va sog‘lom saqlashga yordam beradi.

Ismaloq

Foto: Wday
Ismaloq tarkibida B vitamini ko‘p bo‘lib, u nafaqat metabolizmni, balki mushaklar faoliyatini ham oshiradi. Bu bargli ko‘kat juda foydali — ham vazn, ham sog‘liq uchun. Chunki u juda ko‘p tabiiy kletchatkaga ega, ular ham hazm qilishga yordam beradi.

Mol go‘shti

Foto: Wday
Yuqori oqsilli mahsulotlarni iste’mol qilish metabolizmni kuchaytirishning eng yaxshi usullaridan biridir. Lekin issiqda bunday mahsulotlar bilan ehtiyot bo‘lish lozim. Ular metabolizmni tezlashtirishi bilan organizmni qizitib yuborishi mumkin.

Qalampir

Foto: Wday
Qalampirining foydali funksiyalarini hamma biladi. Bu nafaqat metabolizmni kuchaytiradi, balki ishtahani ham bo‘g‘adi, issiqda salqinlashga yordam beradi, chunki u tanani terlatadi. Ammo bu mahsulot bilan ehtiyot bo‘lish kerak, u osongina gastritga sabab bo‘lishi mumkin.

Tuxum

Foto: Wday
G‘arb mutaxassislari ortiqcha vaznli ayollar o‘rtasida tadqiqot o‘tkazdi. Qizlar ikki oy davomida nonushtada ikkita qaynatilgan tuxum iste’mol qildi. Tadqiqotlar natijasida ishtirokchilarning 83 foizi qorin sohasidagi yog‘larni yo‘qotdi.

Qolaversa, metabolizmga nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari ta’sir qiladi. Balki suyuqlik ham kun davomida taxminan ikki litr ichilishi kerak. Shuningdek, organizmda mushaklar qancha ko‘p bo‘lsa, metabolizm shunchalik tezlashadi. Kun davomida shirinliklardan voz kechish va yetarlicha uxlashni unutmaslik lozim. Ko‘katlar esa, ratsionga imkon qadar ko‘proq kiritilishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ratsionga kiritish tavsiya etiladi: metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan 8 ta mahsulot