21:09 / 27.11.2022
1 426

Salomatlik mevasi: nima uchun har kuni kamida bitta olma iste’mol qilish kerak?

Salomatlik mevasi: nima uchun har kuni kamida bitta olma iste’mol qilish kerak?
Foto: «Noviy ochag»
«Kuniga bir dona olma iste’mol qilinsa, shifokorga murojaat qilishning keragi bo‘lmaydi», — deydi odamlar. Albatta, har bir hazilning tagida oz bo‘lsa-da haqiqat bor. Zamonaviy ilm-fan bu ajoyib meva haqiqatan ham sog‘liq uchun juda foydali bo‘lishi mumkinligini tasdiqladi. «Noviy ochag» nashri kuniga kamida bitta olma iste’mol qilish uchun bir nechta sabablarni sanab o‘tdi.

Olma saraton xavfini kamaytiradi
Chekuvchilar yoki yaqinda chekishni tashlaganlar ko‘proq olma iste’mol qilishi kerak. Italiyalik tadqiqot shuni tasdiqladiki, bu mevani muntazam iste’mol qiladigan chekuvchilar o‘pka saratoniga kamroq chalingan. Bundan tashqari, olma iste’mol qilish va ko‘krak, oshqozon va yo‘g‘on ichak saratoni xavfini kamaytirish o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik haqida dalillar mavjud.

Olma qonda shakar darajasini me’yorlashtirishga yordam beradi
Bu mevalarda juda ko‘p bo‘lgan kletchatkalar bilan bog‘liq, u oziq-ovqat hazm bo‘lishini va natijada glyukozaning qonga kirishini sekinlashtiradi. Agar muntazam ravishda olma yoki nok iste’mol qilinsa, qandli diabet rivojlanish xavfini 18 foizga kamaytirish mumkin.

Olma milk uchun foydalidir
Ushbu qattiq meva tishlanganda va chaynalganda ko‘proq so‘lak — tish va milk uchun tabiiy tozalash vositasi ajralib chiqadi. Shuningdek, u xavfli bakteriyalar birikmasini yuvadi.

Olma insultning oldini oladi
20 ta tajriba natijalarini o‘rgangan meta-tadqiqot natijalariga ko‘ra, kun davomida iste’mol qilinadigan har 200 gramm kletchatkaga boy meva insult xavfini 32 foizga kamaytiradi. Bundan tashqari, qorag‘at va uzum bilan birga olma iste’mol qilinsa, yomon xolesterinni kamaytirish va hatto qon bosimini me’yorlashtirish mumkin.

Olma vazn kamaytirishga yordam beradi
Kletchatka va murakkab uglevodlar qomat uchun foydalidir, chunki ular oziq-ovqat hazm bo‘lishini sekinlashtiradi va uzoq vaqt davomida ochlikni his qilmaslikka yordam beradi. Bundan tashqari, olma tabiiy yog‘ erituvchi sifatida ishlaydigan qo‘shimcha moddalarni o‘z ichiga oladi.

Olma yuqori xolesteringa qarshi kurashadi
Ayniqsa, olma tarkibida ko‘p bo‘lgan pektin qon tomirlariga zarar yetkazadigan va hayot uchun xavfli kasalliklarga olib keladigan yomon xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Salomatlik mevasi: nima uchun har kuni kamida bitta olma iste’mol qilish kerak?