1 345
Stressdan xalos bo‘ling: kortizol miqdorini pasaytirish va xotirjam bo‘lishning 15 usuli
Foto: Pinterest
Organizm stress gormoni — kortizolni juda ko‘p ishlab chiqarsa, uyqusizlik, ko‘p ovqatlanish va charchoq paydo bo‘ladi. Gormonlarni tartibga solish uchun nima qilish kerak? «Noviy ochag» nashri quyida ushbu savolga javob berdi.
Ko‘p miqdorda qahva ichishdan saqlaning
Sog‘lom odam uchun bu ichimlikning yetarli dozasi kuniga ikki stakandan ko‘p emas, ya’ni 150 ml.
Choy va qahvaga ko‘p shakar qo‘shishni to‘xtating
Ularni shundayligicha ichishning imkoni yo‘qmi? Tabiiy ta’m beruvchi qo‘shimchalardan foydalanish mumkin.
Ratsiondagi meva miqdoriga e’tibor bering
Ularda oddiy shakar ham mavjud. To‘rtta yirik shirin olma uglevodlarning o‘rtacha kunlik me’yoriga to‘g‘ri keladi.
Ratsionga fermentlangan mahsulotlarni qo‘shing
Ular ichak mikroflorasini saqlash uchun muhim bo‘lgan pre va probiotiklarga boy. Bu organizmda sodir bo‘ladigan jarayonlarning 70 foiziga, shu jumladan, gormonlar sinteziga ta’sir qiladi. Ularga tuzlangan sabzavotlar, karam, bodring va sirkasiz pomidor kiradi.
Nonushta qilishga odatlaning
Agar nonushta kaloriya, oqsil va minimal uglevodlarga boy bo‘lsa, bu juda foydali.
Vitaminlarni shifokor nazorati ostida qabul qiling
Eng muhimi, magniy, B vitaminlari bo‘lib, asabiylikni kamaytiradi. Shuningdek, hujayralarning kortizolga sezgirligini oshiradigan va shu bilan uning ishlab chiqarilishini kamaytirishga yordam beradigan omega-3 yog‘ kislotalarini qabul qilish ham tavsiya etiladi.
Melatonin ishlab chiqarishni me’yorga keltiring
Buning uchun 24 soatdan kechiktirmasdan, har kuni bir vaqtning o‘zida yotish kerak. Agar bioritmlar buzilgan bo‘lsa va buni qilish oson bo‘lmasa, kechasi melatoninning qo‘shimcha dozalarini qabul qilish mumkin.
Yorqin yorug‘lik manbalaridan foydalaning
Ular oq yoki ko‘k nur bo‘lishi kerak. Bunday chiroqlar ertalab osonroq uyg‘onishga yordam beradi.
Kechqurun ko‘k nurni to‘sadigan ko‘zoynaklardan foydalaning
Kompyuter yoki planshetda ishlaganda ulardan foydalanish lozim. Ular ushbu spektrning ko‘zga ta’sirini kamaytiradi — bu esa asab tizimiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Uyda yalangoyoq yuring
Bu tetiklashishning eng oson yo‘li. Oyoqyalang yurish oyoqdagi faol nuqtalarni rag‘batlantiradi, bu o‘z navbatida butun organizmga ijobiy ta’sir qiladi.
Ishdan har 2-3 soatda 10-15 daqiqa tanaffus qiling
Miya uchun bunday qisqa tanaffus dengizda bir haftalik ta’tildan ko‘ra foydalidir. U tezda stress omillarini ajratib oladi va ularga adekvat javob beradi. Yoqimli narsa bilan tanaffus qiling: musiqa tinglang, sayr qiling, jismoniy mashqlar bajaring.
Kuchli stressni bartaraf etishni o‘rganing
Ayni paytda ko‘p miqdorda ishlab chiqariladigan kortizoldan foydalanish juda muhimdir. Buning uchun har qanday jismoniy faoliyat mos keladi. Kortizol mushaklar uchun foydali. Yurish, yugurish, suzish buning uchun ayni muddao.
Uxlash uchun quloqchin taqib oling
Birinchidan uxlab qolish vaqtida o‘zingizni mukammal sukunat bilan ta’minlaysiz, ikkinchidan miya uchun taskin beruvchi ohanglar shaklida qo‘shimcha bonus olasiz.
O‘simlik preparatlariga e’tibor bering
Ularni ruhiy va jismoniy stressning kuchayishi davrida qabul qilish mumkin. Faqat mutaxassis bilan maslahatlashishni unutmaslik lozim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?