Foto: «Noviy ocha»
Kollagen nima? Bu biriktiruvchi to‘qimalarning bir qismi bo‘lgan oqsil, organizmda u terining elastikligi va mustahkamligi uchun javobgardir. Odatda aksariyat mahsulotlarning tarkibida kollagenni o‘qib, xarid qilishadi. Ammo bu qanchalik ish beradi. «Noviy ochag» nashri kollagen haqida ko‘pchilik ishonadigan yanglish fikrlarga to‘xtalib o‘tdi.
Agar teriga ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qilinsa, vitamin ichishning hojati yo‘q
Inson terisi uchta qatlamdan iborat: tashqi epidermis, dermis va chuqurroq gipodermis. Hatto eng qimmat kremlar faqat eng yuzaki darajaga ta’sir qiladi va dermisga hech qanday tarzda yetib bormaydi. Tashqi tomondan qo‘llaniladigan har qanday mahsulot terini yangilashga, mayda ajinlarni yumshatishga va terining sirtini namlashga yordam beradi. Elastiklikni, chiroyli shakl va chuqur ajinlarni tekislash uchun dermis darajasida g‘amxo‘rlik qilish muhimdir. Qo‘shimchalar tarkibidagi gidrolizlangan kollagen dermisga kiradi, u yerda kollagen ishlab chiqariladi va u yerda rivojlanishini davom ettiradi. Har qanday kollagenning yetarli miqdori terining holatini yaxshilaydi, uning elastikligini oshiradi va terini ichkaridan yangilaydi.
Kollagenning o‘zi organizmda tabiiy ravishda ishlab chiqariladi va uni tashqi tomondan qabul qilishga hojat yo‘q
Ha, kollagen, albatta, inson organizmda ishlab chiqariladi. Undagi barcha oqsillarning 25-35 foiz kollagendir. Bu suyak, bo‘g‘im va terini sog‘lom holatda saqlaydigan ajoyib komponent. Ammo uning ishlab chiqarilishi 20 yoshdan keyin kamayadi va har yili pasayib boradi. Kollagenning normal ishlab chiqarilishiga yomon odatlar, chekish, spirtli ichimliklar, stress va uyqusizlik xalaqit beradi. 50 yoshga kelib, chiqariladigan kollagen miqdori 2 baravar kamayadi. Terining keskin qarishi va elastiklikning yo‘qolishi boshlanadi.
Biologik faol qo‘shimchalardagi kollagen faqat teriga kerak
Qonga kiradigan har qanday qo‘shimcha butun organizmga ta’sir qiladi. Shunday qilib gidrolizlangan kollagen nafaqat terini yaxshilashga yordam beradi. Balki kollagen tarkibidagi aminokislotalar sochlarning go‘zalligi uchun ham javobgardir. Bu yerda kollagen ajinlar bilan bir xil prinsip asosida ish beradi. U sochlarni namlantiradi, ularning ildiziga kirib boradi, qalin va sog‘lom qiladi. Kollagen sochlarning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan keratin ishlab chiqarishga faol hissa qo‘shadi. Tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, D vitamini yetishmovchiligi bo‘lganda kollagen deyarli so‘rilmaydi.
Kollagen qabul qilinishi bilan darhol harakat qiladi
Ko‘pchilik biologik faol qo‘shimchani migrenga qarshi tabletka sifatida qabul qiladi. Biologik faol qo‘shimcha dori emasligini va uning funksionalligi tibbiy tabletkalardan farq qilishini tushunish muhimdir. Kollagen jarayonni boshlash va organizmda ildiz otish, ishlab chiqarish va assimilyatsiyani o‘rnatish uchun vaqt talab etadi. O‘rtacha, sifatli natijaga erishish uchun olti hafta davomida biologik qo‘shimcha iste’mol qilish kerak. Birinchi natijalarni uchinchi haftada ko‘rish mumkin. Ammo ajinlar va sezilarli elastiklik kuzatilishi kerak.
Barcha kollagen bir xil
Bu aniq emas. Barcha kollagenni bir xil deb o‘ylash yuz kremi va sivorotkaning xuddi shunday ish berishiga ishonch hosil qilish bilan bir xil. Biologik faol qo‘shimcha uchun kollagen uchta manbadan olinadi: cho‘chqa go‘shti, mol go‘shti va baliq. Ushbu uch tur o‘rtasidagi asosiy farq assimilyatsiyaning tezligida. Dengiz kollageni boshqalarga qaraganda bir yarim baravar tezroq so‘rilishi isbotlangan. Bunga gidrolizlangan kollagenning molekular og‘irligi ta’sir qiladi. Baliq bo‘lsa, molekulalar ancha kichikroq bo‘lib, ular hujayralarimizga tezroq kirib boradi va shunga mos ravishda teri foydasi uchun tezroq ishlay boshlaydi.
Kollagen haqida yana bir nechta faktlar
Albatta, kollagen foydali degan xulosaga kelish mumkin. Ammo olimlar bir necha yil davomida bitta muhim nuqta haqida bahslashmoqda. Inson organizmi har doim salomatlikni estetik muammolardan ustun qo‘yadigan juda aqlli tizimdir. Shuning uchun parhez qo‘shimchalaridan olingan kollagen organizmning biologik norma deb hisoblaydigan ajinlarga umuman yo‘naltirilmasligi ehtimoli katta.
Yosh o‘tishi bilan to‘qimalarda kollagen miqdori kamayadi va bu suyaklar holatiga salbiy ta’sir qiladi. Ehtimol oziq-ovqat qo‘shimchalar ularni tiklash uchun ketadi. Biroq bu fikr isbotlanmagan va munozarali bo‘lib qolmoqda. Olimlarning ta’kidlashicha, yetarli miqdordagi kollagen suyakni ham, terini ham ta’minlay oladi, ajinlarni tekislaydi va yoshlikni saqlab qoladi.
Qabul qilingan parhez qo‘shimchalarining maksimal samaradorligi uchun faqat kollagen yetarli emas. Tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, D vitamini yetishmovchiligida kollagen deyarli so‘rilmaydi. Yillar davomida kollagen ichish mumkin va agar D vitamini yetishmasa, natijasi sezilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?