Foto: Pinterest
Shamollashning o‘nlab sabablari bo‘lishi mumkin: O‘RVI va boshqa infeksiyalar, mavsumiy allergiya, gormonal o‘zgarishlar yoki havo haroratning keskin o‘zgarishi. Ammo bu muhim emas, nima bo‘lishidan qat’i nazar, muammodan xalos bo‘lishning oddiy usullari mavjud. Ulardan ba’zilari faqat vaqtincha ta’sir qiladi, ammo boshqalari tumovni tez va doimiy ravishda davolashga yordam beradi, deb yozadi Lifehacker.
Issiq choy iching
Yoki boshqa issiq ichimlik ichish mumkin. Asosiysi, u kuydirmasligi kerak. Issiqlik va bug‘ burun bo‘shlig‘ida qon aylanishini oshiradi. Natijada, burun oqishi kamayadi, nafas olish osonlashadi.
Iloji boricha ko‘proq suyuqlik iching
Yuqoridagi fikrni hisobga olgan holda, suyuqlik iliq bo‘lsa, shunda ta’sir kuchayadi. Ammo xona haroratidagi suvlar ham foydali. Chunki organizmda suv yetishmasa, burun ham bitadi. Burun bo‘shlig‘idagi shilimshiq suyuqlik quriydi, qalinlashadi va bu burun tiqilishiga olib keladi. Bundan tashqari, bunday holatda virus va bakteriyalar o‘zini erkin his qiladi, ya’ni kasallik cho‘zilishi yoki shamollashdan xalos bo‘lish qiyinlashishi mumkin.
Ingalyatsiyani amalga oshiring
Ingalyatsiya qilish shamollash alomatlarini, shu jumladan umumiy tumovni keskin kamaytiradi va kasallik vaqtini qisqartiradi.
- Idishda toza suvni qizdiriladi. Uni qaynatishning hojati yo‘q, suyuqlik ustida bug‘ hosil bo‘lishi yetarli.
- Suv idishini stolga yoki boshqa qulay gorizontal yuzaga qo‘yish va yuzni 20-30 daqiqa ushlab turish kerak.
- Burun orqali chuqur nafas olinadi. Balg‘amdan xalos bo‘lish uchun kuch bilan nafas chiqarishga harakat qilish lozim.
- Nafas olish uchun suvga bir necha tomchi efir moyi qo‘shish mumkin.
Issiq dush qabul qiling
Ingalyatsiya yoki issiq choy singari, dush ham tumovni samarali ravishda to‘xtatadi va burun tiqilib qolishini bartaraf etadi.
Burun uchun iliq kompress qiling
Burunga issiq namlangan salfetka kuniga 3-4 marta 2-3 daqiqa davomida qo‘llaniladi.
Burunni sho‘r suv bilan yuving
Dorixonada tayyor tuz aerozolini sotib olish yoki uni uy sharoitida tayyorlash mumkin. Retsept oddiy: bir stakan (240 ml) iliq suvga ½ choy qoshiq tuz va bir chimdim iste’mol sodasi qo‘shiladi. Noxush alomatlar to‘liq yo‘qolguncha burun ushbu eritma bilan kuniga 3-4 marta yuviladi.
Burun spreyi yoki tomchilaridan foydalaning
Ular burun bitishini bartaraf etadi. Natijada burun oqmaydi va undan erkin nafas olish mumkin. Ushbu sehrli effekt, qoida tariqasida, bir necha soat davom etadi, keyin jarayonni takrorlash kerak. Shuni esda tutish kerak: bunday vositalarni 3 kundan ortiq ishlatmaslik kerak.
Shifokorga murojaat qiling
Burun oqishi alohida kasallik emas, faqat alomatdir. Undan butunlay xalos bo‘lish uchun uni keltirib chiqqan kasallikni yengish kerak. Bu eng samarali professional shifokor terapevt yoki LOR mutaxassis nazoratida amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?