20:24 / 06.01.2023
913

O‘pka saratonining dastlabki 6 ta alomati

O‘pka saratonining dastlabki 6 ta alomati
Foto: «Noviy ochag»
Har qanday saraton kasalligini davolash mumkin. Faqat bir yo‘li bor: saratonning erta tashxisi. Bu xastalikdan avval uni yengib o‘tishning eng maqbul chorasidir. Buning uchun siz nimalarga ko‘proq e’tibor berishingiz kerak? Quyida batafsil keltirib o‘tamiz.

Avvalo, salomatligingizga befarq bo‘lmang. Tanangiz haqida vaqtida qayg‘urishni biling. Agar sog‘lig‘ingizda biror noxush o‘zgarish sezilsa, darhol ishonchli shifokor bilan maslahatlashing. Kasallikni erta aniqlash muvaffaqiyatli davo ekanini hamisha yodda tuting.

O‘pka saratonining dastlabki belgilarini vaqtida kuzatish nima uchun muhim?

O‘pka saratonining ilk belgilari kutilganidek (doimiy yo‘tal, nafas siqishi, qon aralash balg‘am) kechadi. Yelkalarda ko‘krak qafasining orqa tomonida, hatto, paradoksal ravishda tizza bo‘g‘imlarida kuchli bo‘lmagan muntazam og‘riqlar kuzatiladi. Simptomlar erkaklar va ayollar, chekuvchilar va chekmaydiganlar o‘rtasida ham farq qiladi. Shu bilan birga, klinik yosh qiyofasini sezilarli darajada o‘zgartiradi.

Qayd etish kerak, inson onkologik xavflarni oshiradigan faktorlar bilan uzviy bog‘liq holda yashaydi. Garchi doimiy sog‘lom turmush tarzini tanlaganlar ham saratondan kafolatlanmagan — xastalik har kimga ta’sir qilishi mumkin.

O‘pka saratonining eng ko‘p uchraydigan belgilari qanday?

Biz o‘pka saratoni haqida ma’lum bir kuzatuvlarni bilamiz, biroq bu har doim ham muqobil kelmasligi mumkin. O‘pka saratoniga ishora beradigan eng «mashhur» belgilar kuchsiz bo‘ladi yoki birma-bir paydo bo‘la boshlaydi. Ushbu belgilarga e’tibor bering:

- doimiy yo‘tal.
- nafas siqishi.
- respiratorli infeksiyalarning tez-tez takrorlanishi.
- yo‘tal vaqtida qon.
- yelkalarda, ko‘krak qafasida, qo‘llardagi og‘riq.
- sababsiz vazn yo‘qotish.

Yo‘tal

Yo‘tal — o‘pkada saraton kechayotganining eng keng tarqalgan simptomidir. Bu o‘pka saratoni haqida o‘ylaganimizda, aqlga kelgan birinchi xavotirdir. Chunki o‘pka saratoniga uchragan bemorlarning yarmida uchraydigan belgi yo‘taldir. U turli shakllarda bo‘lishi mumkin: ho‘l yoki quruq, tez-tez yoki kamdan-kam; kechasi yoki kunning istalgan vaqtida qo‘zg‘ab qoladigan yo‘tal. Aksar odamlar yo‘talga hadeganda e’tibor beravermaydilar: changdan, allergiyadan yoki juda quruq havo tufayli yo‘tal tutgan deb o‘ylashadi. Chekuvchilar esa bu borada mutlaqo beparvo yoki saraton xavfidan xabarsiz. Biroq bizni bir necha haftadan so‘ng tark etmagan yo‘tal jiddiy bir narsaning alomati bo‘lishi mumkin.

Nafas siqishi

O‘pka saratonida bu belgi ham keng tarqalgan simptomdir. Shu bilan birga ancha erta paydo bo‘ladi (ayniqsa, umuman chekmaydiganlarda). Odatda, nafas siqishi jismoniy mashqlar (zo‘riqish) paytida paydo bo‘ladi. Odamlar esa buni ortiqcha vazn yoki yosh bilan bog‘laydilar. Ulardan so‘rab ko‘ring-chi, zinalardan chiqish, tepalikka, yuqoriga yayov ko‘tarilish osonmi yoki yo‘q. Agar bu mashg‘ulotlar zavqlanishdan ko‘ra qiyinroq tuyulsa, allaqachon shifokor bilan uchrashishning vaqti kelgan.

Respiratorli infeksiyalarning tez-tez takrorlanishi

«Saraton» tashxisi ko‘pincha turli nafas yo‘llari infeksiyalarining uzoq vaqt davolanishidan keyin yangraydi. Agar o‘simta nafas olish yo‘llariga yaqin bo‘lsa, u balg‘amning normal oqishini to‘sib qo‘yishi mumkin. Oqibatda infeksiyalar o‘pkada uzoq qolishi uchun qulay muhit yaratiladi. Bu esa aksar hollarda bronxit va pnevmoniyaga olib keladi.

Yo‘tal vaqtida qon

Kutilmagan vaqtdagi qon — tashvishlanish uchun jiddiy sababdir. Qon bilan yo‘talganda zudlik bilan shifokor huzuriga borish shart. Chunki aynan shu simptom o‘pka saratoni aniqlangan bemorlarning beshdan birida paydo bo‘ladi. Va ko‘pincha yo‘tal va nafas siqishi bilan birga dastlabki belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo ba’zan qon miqdori juda kam bo‘lib, uni o‘tkazib yuborish mumkin.

Yelkalar va qo‘llardagi og‘riq

Ko‘plar yelkalar va qo‘llardagi og‘riqni cho‘zilish yoki noto‘g‘ri bukilish oqibatida sodir bo‘lmoqda deb o‘ylaydi. Ammo og‘riq saratonning ilk belgilaridan biri ekanini hamma ham bilavermaydi. O‘pkaning yuqori qismida paydo bo‘ladigan o‘smalar ba’zan yelkadagi og‘riqqa sabab bo‘ladi va jimjiliqqacha yetib boradi.

Ko‘krak qafasida og‘riq

O‘pkaning o‘zi zarar ko‘rmasa ham, plevra va uning atrofidagi to‘qimalar nerv tugunchalariga boy. Ular miyaga og‘riq signallarini yuboradi. Buni bemor «ko‘krak qafasidagi» yoki «chuqur nafas olgandagi» og‘riq deb biladi. Bundan tashqari ko‘krak qafasining orqa tomonida og‘riqlar kuzatiladi. Og‘riqlar umurtqa pog‘onasining quyi qismlariga qadar tarqaydi. Ogoh bo‘lish kerak, bel og‘rig‘i saratonning dastlabki belgilaridan biridir.

Agar o‘simta asab tugunlariga halal bersa, metastazlar umurta pog‘onasi suyaklari, buyrak usti bezlari tomon o‘sgan bo‘lsa, umurtqa pog‘onasining o‘rtasida og‘riqlar paydo bo‘ladi. Og‘riq shunchaki yonboshlab yotgan vaqtda ham, jismoniy faoliyat paytida ham kuzatilishi mumkin. Intensivlik ortishi, odatda tungi vaqtda yoki chuqur nafas olish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ozish

Sababsiz ozish yo‘qotish umumiy tana vaznining 5 foizi yoki 6-12 oy ichida 5 kilogrammdan ortiq vazn yo‘qotish hisoblanadi. Saratonning vazn yo‘qotishiga turli sabablar bor: ishtahani kamaytirishdan metabolizmdagi o‘zgarishlargacha. Bemorlarning 35-75 foizida sababsiz ozib ketadi.

O‘pka saratonining boshqa belgilari qanday?

Yuqorida aytilganlarga qo‘shimcha ravishda, shifokorlar va bemorlar o‘pka saratonining kam uchraydigan belgilari haqida xabar berishadi. Ular filmlarda ko‘rsatilmaydi yoki kitoblarda tasvirlanmaydi, lekin biz ularni tanib olishimiz uchun muhimdir.

- ovozning xirillashi.
- yuz va bo‘yinning shishishi.
- kuchsizlik.
- nafas olishning ravon va maromda emasligi.
- trombozning kuchayishi.
- paraneoplastik sindrom.
- metastazlardan kelib chiqadigan alomatlar.
- tanadagi nimadir «nosoz» ekanini his qilish.

O‘pka saratoni o‘ziga xosmi?

Yurak xuruji belgilari erkaklar va ayollarda bir xil kechmaganidek, o‘pka saratoni turlari o‘rtasida ham farqlar mavjud. Chekuvchilarda mayda va skuamoz hujayrali saratonning rivojlanish ehtimoli ko‘proq, asosan katta nafas yo‘llarida. Ayollarda, yoshlarda va umuman chekmaydiganlarda o‘pka adenokarsinomasi ko‘p uchraydi. O‘pka adenokarsinomasi o‘pkaning periferik hududlarida lokalizatsiya qilinadi. Munatazm o‘tirib ishlaydigan odamlarda odatiy belgilari — yengil nafas siqishi, doimiy charchoq va ishtaha yo‘qolishi tufayli salbiy tashxis qo‘yilgan.

O‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish juda muhim, chunki ko‘p odamlar muammoni faqat o‘simta rivojlanishining jiddiy bosqichida aniqlaydilar. Odam o‘z-o‘zini xavfdan avvalroq himoya qilgani yaxshiroqdir.

Qanday asoratlar bor?

O‘pka saratonining asoratlari tashxisdan oldin ham, keyin ham paydo bo‘lishi mumkin.

Yuz va bo‘yinning shishishi

Bu holat yuqori vena kava sindromi deb ataladi. Yuz, bo‘yin, qo‘llarning shishishi, bo‘yin va ko‘krakdagi tomirlarning shishishiga olib kelishi mumkin. Simptomlar o‘pkadagi o‘sma qonni yurakka qaytaradigan katta tomirlardan birini bosib qolganda paydo bo‘ladi.

Metastazlar

Ko‘pincha saraton faqat o‘simta boshqa organlarga metastazlanganida aniqlanadi. Aksar hollarda o‘pkadagi o‘simta suyaklarga, jigarga, buyrak usti beziga va miyaga tarqaladi. Metastazlarning belgilari qanday?

- bosh og‘rig‘i, zaiflik, sudurgi (agar metastazlar miyaga kirsa)
- bel og‘rig‘i, ichak va siydik pufagi nazoratini yo‘qotish (suyak metastazlari)
- ko‘ngil aynishi, qorinning yuqori qismida og‘riqlar, sariqlik va qichishish (jigar metastazlari)

Tromboz shakllanishining kuchayishi

O‘pka saratoni bilan og‘rigan bemorlarda qon quyqalari keng tarqalgan muammodir. Jarrohlik va kimyoterapiya trombozlar paydo bo‘lish xavfini oshirsa-da, ular ko‘pincha davolanishni boshlashdan oldin paydo bo‘ladi.

Oyoqlardagi og‘riq ko‘pincha chuqur tomir trombozining belgilaridir. Ko‘krak qafasidagi o‘tkir kuchli og‘riq, nafas siqishi bilan birga, o‘pka emboliyasini ko‘rsatishi mumkin (o‘pka arteriyasining qon ivishi bilan bloklanishi).

Qachon shifokorga ko‘rinish kerak?

Yuqoridagi belgilarning har biri bilan, ayniqsa, qisqa vaqtda ularning bir nechta kombinatsiyasi kuzatilganda darhol shifokorga ko‘rinish lozim. Ba’zan simptomlar asta-sekin paydo bo‘ladi va birinchi «jiddiy bo‘lmagan» alomatlardan tashxis qo‘yishgacha ko‘p vaqt talab qilishi mumkin. Agar siz kasallikni ilk davridayoq bilib olsangiz, davolanish ancha samarali bo‘ladi.

Hech qachon chekmagan bo‘lsangiz (yoki chekishni ko‘p yillar oldin tashlagan bo‘lsangiz), tanangizni diqqat bilan kuzatib borishingiz kerak. Agar shifokor tashvish beruvchi belgilar mavjud bo‘la turib fluyografiyaning o‘zini yetarli deb hisoblasa, (masalan, kompyuter tomografiyasi o‘rniga), boshqa shifokorni qidiring. Afsuski, o‘pka saratoniga chalinish uchun aktiv chekuvchi bo‘lishimiz shart emas.

Har yili o‘pkangizni fluyografiya qildirasizmi?

Yana bir bor ta’kidlash kerakki, har bir belgi muhim ahamiyatga ega. Bu mayda muammo yoki aksincha, salomatligingiz uchun ulkan xavf darakchisi bo‘lishi mumkin, ammo chuqur tekshiruvlardan o‘tmagnuningizcha aniq bila olmaysiz. Sog‘lig‘ingizni obdon tekshirishni talab qiling — bu sizning manfaatingiz uchun muhim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » O‘pka saratonining dastlabki 6 ta alomati