410
Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaruvchi uyingizdagi 9 ta zaharli narsa
Foto: «woman.ru
Uydan tashqarida chiqindi gazlar, zaharli tutun va kimyoviy moddalar bilan o‘rab olinganmiz. Xonadonimizga kelib, chuqur nafas olmoqchi bo‘lamiz: uy, qanday shinam uy! Ammo endi bunday emas: siz «panoh topgan» uyingiz tashqi olamdan kam bo‘lmagan xavflarga to‘la. Ma’lum bo‘lishicha, hatto zararsiz ko‘rinadigan mahsulotlarda qalqonsimon bez faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi ko‘plab kanserogenlar mavjud.
Amerikalik epidemiologlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 10 foizdan ziyod odamlar perftorlangan karboksilik kislota bilan ifloslangan suv iste’mol qiladi. Bu kanserogen teflon ishlab chiqarish jarayonida oqish natijasida atrof-muhitga tarqaladi. Agar u organizmga tushsa, sog‘liqqa, ayniqsa, qalqonsimon bezga zarar yetkazadi. Tadqiqotda 30 ming kishi ishtirok etdi: olimlar ularning qon tarkibini solishtirdilar va suvda kislotaning kuchli konsentratsiyasi qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarga olib kelishini aniqladilar.
Perftorlangan karboksilik kislota noyob moddadir, buning natijasida u bilan qoplangan narsalar ifloslikni qaytaruvchi xususiyatga ega. Muammo shuki, bu moddaning tanamizga osongina kirib borishi. Qalqonsimon bez kasalliklariga qo‘shimcha ravishda, organizmda toksinlarning to‘planishi onkologiya, bepushtlik va immunitet kuchsizlanishiga olib keladi. Qaysi uy-ro‘zg‘or buyumlari tarkibida ushbu kanserogen mavjud?
Tish iplari
Ba’zi tish iplarini ishlab chiqaruvchilar ipga yopishmaydigan kimyoviy moddalarni qo‘llashadi. Shunda ip tishlar orasidan osongina siljiydi. Yorliqni diqqat bilan ko‘zdan kechiring. Tarkibida perftorlangan karboksilik kislotani (PFOA qisqartmasi) ko‘rsangiz, mahsulotni sotib olmang. Buning o‘rniga, ip tabiiy mum bilan qoplangan bo‘lishi kerak edi.
Kastryulka va tovalar
Albatta, onalarimiz va buvilarimizdan farqli o‘laroq, yuvish paytida kastryulkalarni qirib tozalashimizga ehtiyoj yo‘qligi qanday yaxshi: teflon shunchaki oziq-ovqatning tova yuzasiga yopishib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ammo taomni yopishtirmaydigan idishlardagi tirnalgan va yoriqlar oziq-ovqat bilan zaharli kimyoviy moddalarni iste’mol qilish ehtimoli ko‘proq ekanini anglatadi. Imkon qadar cho‘yan, emal, shisha yoki zanglamaydigan po‘latdan yasalgan idishlarni tanlang.
Soyabon va rezina etiklar
Foto: «Woman.ru»
Perftorlangan karboksilik kislotaning yopishmaslik xususiyatiga qo‘shimcha ravishda suv o‘tkazmaydi ham. Shuning uchun barcha yomg‘irpo‘shlar, soyabonlar va rezina etiklar u bilan qoplanadi. Albatta, soyabondan voz kechish imkonsiz va kichkina bola uchun kuz oylarida rezina etiklar deyarli zaruratdir. Xavfsizroq tanlov qiling va karboksilik kislota emas, balki poliuretan bilan qoplangan narsalarni sotib oling.
Pitssa va fastfud qutilari
Zararli ovqatdan voz kechish uchun yanada ko‘p sabablar kerakmi? Aksar tez tayyor bo‘ladigan taom qutilari yog‘ oqmasligi uchun yopishmaydigan kimyoviy moddalar bilan qoplanadi. Shunday qilib, ortiqcha vaznga qarshi kurashish orqali siz qalqonsimon bezni ham qutqarasiz.
Popkorn qadoqlari
Ba’zan og‘ir ish kunidan so‘ng uyga kelib, televizor qarshisida popkorn yeb dam olish qanchalar yoqimli. Bu besh daqiqalik masala: qadoqni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying, zararli yegulik tayyor va siz kinoteatrdagi kabisiz. Bu yerda xavf yetarlicha: yog‘ qadoqdan o‘tib ketmasligi va kiyimlarni bo‘yab qo‘ymasligi uchun ishlab chiqaruvchilar ularni ichkaridan bir xil kimyoviy moddalar bilan qoplaydi.
Mebel va gilamlar
Bu yerda ham yopishqoq bo‘lmagan moddalar yashirin saqlanadi: ularning ko‘pchiligi dog‘lar va tirnalishlardan saqlash uchun mebelning so‘nggi qoplamasi sifatida ishlatiladi. Xuddi shu sababga ko‘ra polni gilamlar bilan qoplashdan qochishni tavsiya qilamiz: ishlov berilmagan yog‘och polni tanlash yaxshidir, uni shunchaki ekologik toza qoplama (masalan, moy) bilan qoplab chiqish mumkin.
Qog‘oz likoplar va stakanlar
Har yili atrof-muhitga taxminan 64 milliard qog‘oz likop va stakan tashlanadi. Bu ulkan chiqindi bo‘lishidan tashqari, ularning ko‘pchiligi suyuqlik oqishining oldini olish uchun yopishmaydigan kimyoviy moddalar bilan qoplangan. Kanserogenlar tuproqqa, daryolarga, keyin esa oshxonaga kiradi. Uyda shisha idishlardan foydalaning, sayohatlar uchun plastik idishlarni oling — ular yengil va organizm uchun unchalik zaharli emas.
Shampunlar
Foto: «Woman.ru»
Perftorlangan karboksilik kislota hatto shaxsiy parvarishlash vositalarida ham yashirinadi. Yaxshiyamki, mebeldan farqli o‘laroq, siz yorliqdagi tarkibga qarashingiz mumkin. Yorliqda «perfluoro» bilan boshlanadigan moddani ko‘rsangiz, bunday vositalarni sotib olmang.
Uy changi
Perftorlangan karboksilik kislotani o‘z ichiga olgan narsalardan qanchalik qochishga harakat qilinmasin, u juda ko‘p mahsulotlarda va bizning atrofimizdagi hamma joyda mavjud. Shu sababli chang tarkibida ushbu kanserogenning eng kichik zarralari ham bo‘lishi ajablanarli emas. Bu yerda faqat bitta maslahat bor — changyutgich bilan qurollaning va tozalashni muntazam ravishda bajaring. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?