Foto: Wday
Har kim ham nafas olish qiyinlashib qolganda nima qilishni bilmay sarosimaga tushib, vahima ko‘tarishi tabiiy. Nafas qisilishi biror kasallikning alomati yoki noto‘g‘ri turmush tarzining natijasi bo‘lishi mumkin.
Nima uchun nafas olish qiyinlashadi va buning sababi qanday aniqlanadi?
Agar odamda nafas olish muammosi bo‘lsa, holatning yomonlashishiga nima sabab bo‘lganini aniqlash kerak. Vaziyatni mustaqil tahlil qilish noto‘g‘ri taxshis va davolashga olib kelishi mumkin. Faqat tibbiy muassasa mutaxassislari aniq tashxis qo‘yadi.
Quyidagilar nafas qisilishi va nafas olish qiyinlashuviga sabab bo‘ladi:
- yurak yoki qon tomirlar bilan bog‘liq muammolar;
- bronxial astma;
- stress;
- progressiv anemiya;
- ko‘krak qafasining shikastlanishi;
- allergik reaksiya;
- ortiqcha vazn;
- tomoqqa begona jismning tiqilib qolishi;
- boshqa omillar.
Nafas olish qiyinlashganda nima qilish kerak?
Bo‘g‘ilish hujumi vahima keltirib chiqaradi, shuning uchun jabrlanuvchi muammoni mustaqil ravishda yengishi qiyin. Bunday vaziyatda yordam berish uchun odamni tinchlantirish va uni bir muddat qog‘oz paket yoki buklangan kaftlar bilan nafas oldirish kerak. Bunday usullar qon tomiri kengayishiga hissa qo‘shadigan karbonat angidrid konsentratsiyasini oshiradi.
Hujumdan so‘ng oddiy, bo‘shashtiruvchi mashqlarni bajarish kerak:
- nafas olayotganda 6 gacha sanang;
- nafas chiqarayotganda esa 8 gacha sanang;
- tilingizni tashqariga chiqargan holda tez-tez nafas oling va chiqaring.
Vaziyatni yaxshilash uchun barcha bosqichlarni bir necha marta takrorlash lozim.
Biror kasallik aniqlanmagan, ammo hamon nafas olishingiz qiyin kechyapti. Bunday holatda nima qilish kerak?
Nafas olish qiyinlishuvining sabablaridan biri noto‘g‘ri turmush tarzi va zararli ovqatlarni iste’mol qilishdir. Ko‘p miqdordagi shakar, kimyoviy qo‘shimchalar va boshqa moddalar qonni quyuqlashtiradi va ichki organlarga kislorod yetib borishini qiyinlashtiradi.
Qon aylanishini yaxshilash uchun diyetangizni o‘zgartiring. Sabzavot va mevalar iste’mol qiling, yetarlicha toza suv iching, go‘sht iste’molini kamaytiring va shakar, un mahsulotlarini ratsiondan chiqarib tashlang.
Nafas olish qiyinligi qandaydir kasallik alomatidir. Vaziyatni og‘irlashtirmaslik uchun mustaqil ravishda davolanmaslik kerak. Faqat shifokor aniq tashxis qo‘yishi va to‘g‘ri davolanishni buyuradi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring