12:40 / 25.08.2023
391

Osteoxondroz: bu qanday kasallik va uning oldini olish mumkinmi?

Foto: Marie Claire

O‘tirib bajariladigan ish osteoxondroz kuchayishining sabablaridan biri hisoblanadi. Buning oldini olish uchun nima qilish kerakligini bilib oling.

Osteoxondroz belgilari

Osteoxondroz umurtqa pog‘onasida joylashganiga qarab uch xil bo‘ladi: bo‘yin, ko‘krak va bel-dumg‘aza.

Bo‘yin osteoxondrozi belgilari:

  • bosh aylanishi;
  • bo‘yin, bosh va qo‘llarda og‘riq;
  • barmoqlarda uvishish hissi;
  • ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi;
  • quloqlardagi shovqin.

Ko‘krak sohasi osteoxondrozi belgilari:

  • bel og‘rig‘i;
  • ko‘krakning sanchib og‘rishi;
  • nafas olish qiyinlashishi
  • bel-dumg‘aza osteoxondrozi belgilari:
  • oyoqdagi og‘riq;
  • beldagi og‘riq;

oyoq barmoqlarida uvishish hissi.

Foto: “Noviy ochag”

Osteoxondrozning oldini olish

Osteoxondroz bo‘yicha davo muolajalariga massaj, fizioterapiya, dori va inyeksiyalar kiradi. Ammo kasallikning rivojlanish xavfini kamaytirish yoki uning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

Ish joyingizni to‘g‘ri jihozlang

Kreslo qulay bo‘lishi, lekin haddan tashqari yumshoq bo‘lmasligi kerak. Kreslo yoki stulga orqa bel bilan emas, balki orqa miya egri chizig‘iga mos holda o‘tirish tavsiya etiladi. Agar faqat orqa o‘rindiqli stul yoki kreslo mavjud bo‘lsa, bel sohasiga maxsus suyanchiq qo‘yish lozim.

Kompyuter yoki noutbukning monitorini ko‘zingizga qarama-qarshi turadigan qilib joylashtiring — bu bo‘yin sohasi egriligidan himoya qiladi.

Ishdan tanaffus qiling

Har soatda ishni to‘xtatib, biroz mashq bajarishga kamida besh daqiqa vaqt ajrating: boshingizni egib, qo‘llaringizni oldinga cho‘zing. Tanani bukish, egish va boshqa mashqlarni ham bajaring.

To‘g‘ri yoting

Tepaga qaragan holda uxlashga harakat qiling; agar bunga ko‘nikolmasangiz, yoningizga katta yostiq yoki ko‘rpa qo‘yib oling. Bu uyqungizda yonboshlashingizga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, to‘shak juda yumshoq bo‘lmasligi lozim.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Osteoxondroz: bu qanday kasallik va uning oldini olish mumkinmi?