Organizm uchun muhim sanalgan qalqonsimon bezning zararlanishiga nojo‘ya xatti-harakat yoki noto‘g‘ri ovqatlanish ham ta’sir qilishi, buning ortidan esa salomatlikda turli muammolar kuzatilishi mumkin.
Suv o‘tlari va dengiz karami
Mazkur mahsulotlar yodga boy hisoblanadi. Yod esa qalqonsimon bezning faol ishlashi va tireoprop gormonlarini ishlab chiqarishi uchun zarur. Ammo gipertireoz yoki qalqonsimon bez ishlab chiqaradigan gormonlar me’yoridan ko‘p bo‘lsa, tarkibida yod ko‘p bo‘lgan mahsulotlardan tiyilish kerak. Bo‘lmasa bez keragidan ortiq darajada faol ishlaydi, bu esa muammo keltirib chiqarishi mumkin.
Karam
Nafaqat karam, balki boshqa krestgullilar oilasiga kiradigan — brokkoli, gulkaram ham qalqonsimon bez uchun zararli bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, mazkur sabzavotlar tarkibidagi spetsifik moddalar, qalqonsimon bezning yodni qayta ishlashi va uning funksiyasiga ta’sir qiladi. Ammo termik ishlovdan keyin ularni bemalol iste’mol qilsa bo‘ladi.
Sabzavot va ko‘katlardan tayyorlangan smuzi
Smuzi tarkibidagi sabzavot va ko‘katlar qalqonsimon bez funksiyasini sekinlashtiradi. Ular suyuq holga keltirilganida ikki karra zararliroq bo‘ladi. Yaxshisi sabzavot va ko‘katlarni “ichmang”, yeng.
Soya
Soya va undan tayyorlangan mahsulotlar qalqonsimon bez tomonidan ajratilgan gormonlarni organizmga singishiga xalaqit qiladi. Qalqonsimon bez kasalligi tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, soya iste’mol qilishdan voz keching, tireotrop gormonlar me’yoridan biroz kam bo‘lsa ham uni kamaytirish tavsiya qilinadi.
Glyuten
Seliakiya (glyutenni ko‘tara olmaslik) kasalligi bo‘lmasa, glyutensiz parhezga o‘tish qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilashi isbotlanmagan. Lekin seliakiyadan aziyat chekkanlarning aksari qismini qalqonsimon bezida muammo bor bemorlar tashkil qiladi.
Shakar
Shakar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qalqonsimon bezga ta’sir qilmaydi, lekin ikkinchi turdagi qandli diabet kasalligini rivojlantirishi mumkin. Bunday bemorlarning esa qalqonsimon bezida muammo kuzatiladi. Shu sabab shakarni kam miqdorda iste’mol qilish lozim.
Sun’iy shirin qiladigan qo‘shimchalar
Sun’iy shirin qiladigan qo‘shimchalar ichaklar mikroflorasiga salbiy ta’sir qiladi bu esa qalqonsimon bezga ham ta’sir qilmay qolmaydi.
Tuz
Tuz qalqonsimon bez uchun zararli bo‘lmasligi mumkin, qachonki me’yordan oshirib yuborilmasa. Shu sabab natriyni nazorat qilish, iste’mol mahsulotlariga e’tibor berish kerak.
Qayta ishlangan go‘sht
Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlariga qo‘shiladigan karragenan va polisorbat 80, autoimmun kasalliklar qalqonsimon bezda muammo, shuningdek, ikkinchi turdagi qandli diabetni keltirib chiqarishi mumkin.
Ba’zi baliq mahsulotlari
Tunets, skumbriya va nayzabaliqlardan voz kechgan yaxshi. Gap shundaki, ushbu baliqlarda, kimyoviy jihatdan yodga o‘xshash bo‘lgan simob miqdori yuqori bo‘ladi. Katta miqdordagi simob nafaqat qalqonsimon bezdan yetarli miqdorda gormon ajralib chiqishiga qarshilik qiladi, balki autoimmun kasalliklari paydo bo‘lish xavfini oshiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring