22:23 / 26.10.2023
117

Tumov vaqtida quloqlar bitib qolsa nima qilish kerak?

Tumov vaqtida quloqlar bitib qolsa nima qilish kerak?

Shamollash va tumov vaqtida quloqlarning bitib qolishi keng tarqalgan muammo. Ushbu yoqimsiz holat yuzaga kelganda qanday yo‘l tutish kerak?

Quloq bitishining asosiy sabablari

Bemorga shoshilinch yordam berishdan avval tumov vaqtida quloq bitishini keltirib chiqargan sabablarni aniqlab olish kerak bo‘ladi. Burun bo‘shlig‘ida yallig‘lanish yuzaga kelganda shish yevstaxiyev naychasiga zarar yetkazishi mumkin. Buning oqibatida uning devorlari torayadi va quloqlar bitadi.

Agar davolash muolajalari zudlik bilan boshlanmaydigan bo‘lsa, yevstaxiyev naychasi yallig‘lanishi, eshitish qobiliyati qisman yoki butunlay yo‘qotilishi mumkin.

Burun tumov vaqtida bitib qolsa nima qilish kerak?

Xalq tabobatida quloqlar bitishiga qarshi kurashishning bir nechta usullari mavjud.

• Eng avvalo burunni yaxshilab qoqib tashlang va burun yo‘llarini tuzli eritma bilan chaying. Agar quloqlar mana shu usuldan keyin bitib qolgan bo‘lsa, burun yo‘llarini ushbu usul bilan tozalashdan vaqtincha voz keching va uning o‘rniga tomirlarni toraytiruvchi sprey yoki tomchi vositalaridan foydalaning.

• O‘ta oddiy va haqiqatdan foyda beradigan usullardan yana biri – burningizni barmoqlar bilan siqib, unchalik baland bo‘lmagan ovozni eshitguningizga qadar nafas chiqarishga harakat qilishdir. Bu aksariyat holatlarda quloq bitishi muammosini bartaraf etsa-da, sizni LOR aʼzolari shifokoriga borish zaruratidan xalos qilmaydi.

Foto: Static.tilda

• Uqalash usuli ham bor: 15 daqiqa davomida quloqlar va burunni barmoqlar bilan uqalang. Jarayon davomida quloq chig‘anoqlari va burunning yon qanotlariga ko‘proq eʼtibor bering.

Davolash jarayoniga jiddiy yondashish – quloqlar salomatligi garovi

Bitib qolgan quloqlarga dori-darmon bilan yordam beramiz!

Bitib qolgan quloqlarni “ochish” uchun mo‘ljallangan xalqona usullar foyda bermasa, dori vositalarini qo‘llash tavsiya etiladi.

• Dorixonadan burundagi tomirlarni toraytiruvchi tomchi dori xarid qiling – bu burun bo‘shlig‘idagi shishlarni qaytarish, yevstaxiyev naychasidagi bosimdan xalos bo‘lish, uning o‘tkazuvchanligi va o‘z navbatida eshitish qobiliyatini qayta tiklashga yordam beradi. Shu bilan birga unutmang: ushbu chora muammoni vaqtincha bartaraf qiladi xolos, u shifokor tomonidan tayinlangan to‘laqonli davolash kursining o‘rnini bosa olmaydi.

• Quloqlaringizga maxsus tomchi doridan tomizing – u mikroblarga qarshi kurashib, yallig‘lanishning oldini oladi va shishlarni “qaytaradi”.

• Quloqlarni spirtli kompress yordamida “qizdirish” ham mumkin – buning uchun bir necha qavat doka ustiga spirt tomizib, uni quloq ustiga bir necha soatga bog‘lab qo‘yish kifoya.

Har qanday holatda ham tumov vaqtida quloqlar bitadigan bo‘lsa, zudlik bilan otolarinologga murojaat qiling. Bu eshitish qobiliyatining to‘liq yo‘qotilishi kabi jiddiy asoratlarning oldini olishga yordam beradi.


Manba: Daryo.uz


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tumov vaqtida quloqlar bitib qolsa nima qilish kerak?