09:30 / 03.11.2023
235

Qon bosimini tonometrsiz qanday o‘lchash mumkin?

Qon bosimini tonometrsiz qanday o‘lchash mumkin?

Yurak-qon tomir kasalliklari, masalan, yurak xuruji yoki insult kasalligi butun dunyoda o‘limning asosiy sababiga aylanib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining taxminlariga ko‘ra, yaqin 30—50 yil ichida vaziyat o‘zgarishi mumkin emas. Shifoxonalarga bemorlar aynan yurak va qon tomir muammolari tufayli keladi.

Ushbu holatlarga shoshilinch e’tibor berish kerakligidan ogohlantiradigan asosiy alomatlardan biri – bu yuqori qon bosimi. 40 yoshdan o‘tgach, shifokorlar ushbu ko‘rsatkichni muntazam kuzatishni tavsiya etadi. Holat me’yoriy bo‘lishiga ishonch hosil qilish zarur. Agar qon bosimidagi o‘zgarish bir necha kun davom etsa, shifokorlar bilan bog‘lanish kerak. Albatta, buni maxsus vosita bilan kuzatish yaxshiroq. Ammo u bo‘lmagan vaqtda hamma narsa joyida ekanligini aniqlashga yordam beradigan usuldan foydalanish mumkin.

Simptomlar

Yuqori va past qon bosimi tanaga turlicha ta’sir o‘tkazadi. Yuqori qon bosimi quyidagi alomatlar bilan xarakterlanadi:

  • chakka qismda bosim yoki tomir urishida og‘riq;
  • oyoq-qo‘llarda titroq;
  • yuzning qizarishi;
  • yurak urishining tezlashishi;
  • xavotir yoki hayajonlanish;
  • burundan qon ketishi;
  • takroriy ko‘ngil aynishi va qayt qilish.

Qon bosimining pasayishi quyidagi alomatlar bilan aniqlanadi:

  • ensa qismda bosh og‘rig‘ining paydo bo‘lishi;
  • qattiq bosh aylanishi;
  • zaiflik;
  • uyquchanlik;
  • ko‘z xiralashishi;
  • bir marotaba qayt qilish.

Tonometrsiz qon bosimini qanday o‘lchash mumkin?

Agar maxsus moslama bo‘lmasa, tomir urishi yordamida buni amalga oshirish mumkin. Buning uchun bemor qulay joyga suyanib o‘tiradi. Aslida osongina seziladigan har qanday arteriya o‘lchov uchun ishlatilishi mumkin, ammo ko‘pincha bilak sohasidan ko‘proq foydalaniladi. Tomir urishi sezilgandan so‘ng uni to‘xtatish uchun arteriyani bosish kerak. Agar buning uchun ko‘proq harakat talab etilsa, demak qon bosimi me’yoridan oshgan hisoblanadi. Bordi-yu yengil bosilganda ham tomir urishi to‘xtasa, aksincha, bosim pasaygan bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qon bosimini tonometrsiz qanday o‘lchash mumkin?