20:49 / 27.11.2023
164

Magnit bo‘ronlar: ular chindan ham sog‘liq uchun xavflimi?

Magnit bo‘ronlar: ular chindan ham sog‘liq uchun xavflimi?

Magnit bo‘ron — magnit maydonning keskin o‘zgarish davri. Bu bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin.

Magnit bo‘ron nima?

Yer atrofida ko‘rinmas qobiq — magnitosfera mavjud bo‘lib, u sayyorani quyosh nurlaridan himoya qiladi. Kosmosdan unga quyosh shamoli deb ataladigan oqim — Quyoshdan 400 km/s tezlikda uchadigan ionlangan zarralar ta’sir qiladi. Odatiy kunlarda quyosh shamoli va Yer magnit qobig‘ining bosimi teng bo‘ladi. Ammo Quyoshda chaqnashlar sodir bo‘lganda, quyosh shamolining tezligi oshadi, bosim muvozanati o‘zgaradi, Yer ustidagi magnitosfera siqilib, undagi oqimlar kuchayadi. Aynan shu hodisa magnit bo‘roni hisoblanadi. Natijada Quyoshdagi chaqnashlar Yerga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Magnit bo‘ronlarining natijasini vizual tarzda kuzatish mumkin — hammaga tanish Shimol yog‘dusi Yerning magnit maydonidagi o‘zgarishlar ta’sirining yaqqol namunasi.

 
Foto: Getty Images

Magnit bo‘ronlarining asosiy sabablari:

Quyosh shamolining kuchli oqimi Yer magnit maydonining tashqi qismini buzadi va Yerga yaqin kosmik muhitda elektr tokini hosil qiluvchi murakkab tebranishlarni keltirib chiqaradi, bu esa o‘z navbatida magnit maydonda qo‘shimcha o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi — bularning barchasi magnit bo‘ronini yuzaga keltiradi.

Quyosh magnit maydonidan zaryadlangan zarralar Yer magnitosferasiga kirib, oqimlarni hosil qiladi va uning magnit maydonida o‘zgarishlarga olib keladi.

Magnit bo‘ronlarning oqibatlari:

Magnit bo‘ronlar jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu birinchi navbatda odamlarga emas, balki kosmik va texnologik tizimlarga tegishli. Navigatsiyadan tortib aloqagacha bo‘lgan xizmatlar uchun muhim sun’iy yo‘ldoshlar uzilishlarga duch kelishi mumkin. U elektr tarmoqlariga ham ta’sir qiladi, bu esa elektr energiyasi uzilishlariga olib keladi.

Odam salomatligi uchun xavflimi?

Magnit bo‘ronlar birinchi navbatda texnologik tizimlarga ta’sir qilsa-da, ular inson salomatligi uchun potensial oqibatlarga olib kelishi mumkin. Geomagnit tebranishlarga sezgir bo‘lgan odamlar uchun bu bo‘ronlar bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va hatto yurak-qon tomir muammolari kabi juda jiddiy hamda noxush holatlarga sabab bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Magnit bo‘ronlari paytida yuzaga keladigan simptomlar:

  • qon bosimi oshishi;
  • ishlash qobiliyatining pasayishi;
  • bosh og‘rig‘i;
  • bosh aylanishi;
  • xavotirlanish hissi;
  • surunkali kasalliklarning kuchayishi.

Bundan tashqari, yurak-qon tomir tizimiga ta’sir qiladi, deb da’vo qiladigan tadqiqotlar ham mavjud. Ammo bu ma’lumotlar noto‘g‘ri. Bo‘ronlarning ta’sirini tom ma’noda baholash juda qiyin.

Bunday paytda shifokorlar qanday maslahat beradi?

Agar bunday kunlarda sog‘lig‘ingizda muammolar kuzatilsa, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan simptomlardan xabardor bo‘lish va zarur choralarni ko‘rishingiz lozim. Eng muhimi:

  • yetarlicha uxlang;
  • ko‘proq suv iching;
  • ratsiondan tuz miqdorini kamaytiring;
  • stressdan qoching;
  • jismoniy faollikni va og‘ir harakatlarni kamaytiring.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Magnit bo‘ronlar: ular chindan ham sog‘liq uchun xavflimi?