09:36 / 30.12.2023
139

Ratsiondan chiqarish tavsiya etiladigan kaloriyaga boy zararli shirinliklar

Ratsiondan chiqarish tavsiya etiladigan kaloriyaga boy zararli shirinliklar
Parhez paytida ham ratsionga shokolad va shirinliklarni kiritish taqiqlanmaydi. Lekin mutaxassislar ba’zi shirinliklarni, hatto me’yorida bo‘lsa ham, iste’mol qilishni tavsiya etmaydi.
 
Krem va qaymoq bilan ichiladigan desertlar
Foto: Marie Claire
1 stakan kokteyl uchun 1500 kkal — bu nonushta, tushlik va kechki ovqat o‘rnini bosadi. Ushbu kokteyllarda muzqaymoqdan tashqari, qaymoq, shokolad, ponchik, pechene, banan, yong‘oq moyi, marshmellou, qattiq konfet, konfet va hattoki bir bo‘lak tort ham mavjud.
Bunday desertning asosiy zarari – uning yuqori kaloriya miqdori, shakar konsentratsiyasining ko‘payishi, tarkibida vitamin, ozuqaviy modda va elementlarning minimal darajadaligidir.
 
 Donli batonlar
Foto: Marie Claire
Don mahsulotlari foydali ekanligi barchaga ma’lum. Ammo nega unda mazkur shirinlik zararli mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan? Gap shundaki, shirinlik tarkibida palma yog‘i, ortiqcha shakar hamda ta’m beruvchi qo‘shimchalar evaziga mahsulot kaloriyasi ortib ketadi va inson salomatligiga zarar keltiradi.
 
Bir dona shirinlikda taxminan 15 gramm shakar bo‘lishi mumkin, ya’ni bu 3 ta osh qoshiq shakarni iste’mol qilish degani. Ba’zi ishlab chiqaruvchilar shakarni sun’iy ta’m beruvchi bilan almashtirmoqda, ammo bu ham vaziyatni yaxshilamaydi. Ushbu mahsulotda mavjud bo‘lgan shakar moddasi to‘liq parchalanmaydi, bu oshqozon-ichak traktida muammolar keltirib chiqaradi, ayniqsa, parhezni buzib yuboradi.
 
 Kremli shirinliklar
Foto: Marie Claire 
Chiroyli quti, shokolad bilan qoplangan, yong‘oqlarga burkangan va qaymoq bilan boyitilgan kichkina konfetlar mazali bo‘lmasligi mumkinmi? Ammo bunday lazzat ortida salomatlik uchun xavf ham mavjud.
 
Birinchidan, bunday mahsulotning 100 grammida  550 dan 623 kkalgacha kaloriya bo‘ladi. Unda taxminan 8,2 gramm oqsil, 42,7 g yog‘ va 44,4 gramm uglevodlar mavjud. Ikkinchidan, ushbu konfetlar sezilmas darajada iste’mol qilinadi va keyinchalik organizm har kuni talab qila boshlaydi. Ammo foydali element va ozuqa moddalari esa nolga teng. Uchinchidan, qondagi shakar darajasi ko‘tariladi. Shuningdek, u teri muammolarini ham keltirib chiqaradi: husnbuzar va qizarish. Aytgancha, shakarning ko‘pligi teri tez qarishining sabablaridan biri ekanligini unutmaslik kerak.
 
Nachinkali vaflilar
Albatta, vaflilar uyda tabiiy mahsulotlardan foydalangan holda bo‘yoq va ta’m kuchaytirgichsiz tayyorlansa, ularda xavf yo‘q. Krem va shokolad qo‘shilmagan 100 gramm vaflida o‘rtacha 490 kkal bo‘ladi. Ulardan 5,5 grammi oqsil, 22 grammi yog‘, 66 grammi uglevodlardir.
 
Asosiy xavf palma yog‘ida bo‘lib, u ko‘pincha do‘kon vaflilarida ishlatiladi.  Xo‘sh, nima uchun ushbu mahsulot sog‘liq uchun zararli?
 
Xolesterin darajasi yuqori bo‘lgan ayollar guruhida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, palma yog‘ini iste’mol qilgandan so‘ng bu ko‘rsatkich bir necha bor ko‘tarilib, o‘z navbatida yurak-qon tomir tizimida muammolarga olib keladi.
 
Shuning uchun ushbu toifadagi mahsulot yorliqlarini diqqat bilan o‘rganib chiqish kerak. Qadoqda tozalangan, dezodorizatsiya qilingan o‘simlik moylari degan yozuv bo‘lishi mumkin. Palma yog‘i do‘kon javonlarida joylashgan deyarli barcha un mahsuloti va shirinliklarda ishlatiladi. Shuning uchun bitta yechim bor – uy sharoitida ishonchli mahsulotlardan vafli tayyorlash.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ratsiondan chiqarish tavsiya etiladigan kaloriyaga boy zararli shirinliklar