Afsuski, qish nafaqat Yangi yil bayrami, balki shamollash uchun ham qulay mavsumdir. Ayniqsa, yanvar oyining ilk kunlarida tomoq og‘rig‘i bilan uyg‘onish yangilik emas. Lekin insonlar sevib iste’mol qiladgan bir qancha mahsulotlar tezroq tuzalishni sezilarli darajada sekinlashtiradi. Marie Claire nashri tomoqda og‘riq, yo‘tal va qichishish xususiyati bo‘lsa, qaysi mahsulotdan voz kechish kerakligini ma’lum qildi.
Qarsildoq yeguliklar
Foto: Marie Claire
Chips, kreker va shunga o‘xshash gazaklar qattiqligi tufayli shamollashning noxush alomatlarini oshiradi. Ulardan tiyilishning iloji bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda iliq choyga botirib olib, iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Achchiq mahsulotlar
Tomoq og‘riganda, ratsiondan barcha achchiq sous va gazaklarni chiqarib tashlash lozim, ular faqat og‘riq va yo‘talni kuchaytiradi.
Sitruslar
Foto: Marie Claire
To‘g‘ri, ular C vitaminiga boy va immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Ammo kislotaliligi tufayli tomoqdagi yallig‘lanish xususiyati ortadi. Agar tomoq og‘rig‘i alomati bo‘lsa, kasallik tuzalguncha limon va apelsin iste’mol qilishni to‘xtatib turgan ma’qul.
Barra sabzavotlar
Sabzavotlar, albatta, juda foydali, lekin tomoq og‘rig‘i vaqtida emas. Chips va krekerlar singari sabzavotlar ham shilliq qavatni tirnaydi va tuzalishni qiyinlashtiradi. Ularni kasallik vaqtida pishirib, pyure holida iste’mol qilish mumkin.
Qovurilgan taomlar
Foto: Marie Claire
Qovurilgan yeguliklar, masalan, kartoshka fri, tovuq, naggets va boshqalar tomoqda qo‘shimcha yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Shuning uchun kasallik paytida qaynatilgan va dimlangan taomlarga ustunlik berishni unutmaslik lozim.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Britaniya Rossiyaga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?