13:30 / 24.01.2024
149

Qish faslida nima sababdan insonda tushkun kayfiyat hukm suradi?

Qish faslida nima sababdan insonda tushkun kayfiyat hukm suradi?

Foto: Pixabay.com

Qish faslida ertalab uyqudan uyg‘onish qiyin kechadi va ayniqsa ishlash uchun uydan chiqish kerak. Bu holat odatda “Qish tanballigi” deb ataladi va bu aynan shu faslga bevosita bog‘liq.

Tadqiqotlarga ko‘ra, bu holat kunduzgi soatlarning qisqarishi tufayli yuz beradi. Quyosh nurining yetishmasligi uyqu, ishtaha va kayfiyat uchun javob beradigan miya hududida kimyoviy disbalansni keltirib chiqaradi. Natijada, charchoq, motivatsiyaning yo‘qolishi va uyqusizlikdan azob chekishimiz mumkin. “Qish tanballigi” davrida spirtli ichimliklar, fastfudlardan voz kechish, sport bilan shug‘ullanish va qorong‘ida o‘tirmaslik tavsiya etiladi.

Ammo sizdagi alomatlar jiddiyroq ekanligi va yomon kayfiyat davri odatdagi me’yordan ko‘proq ekanligini sezsangiz, mutaxassis bilan maslahatlashishni unutmang.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qish faslida nima sababdan insonda tushkun kayfiyat hukm suradi?