19:44 / 08.02.2024
354

Saratonning biz bilmagan yana bir alomati

Saratonning biz bilmagan yana bir alomati
Foto: Wday
Saraton — bu tanadagi ichki to‘qimalardan o‘sadigan xavfli o‘simta. Rivojlangan mamlakatlarda barcha o‘limlarning 15-20% qismi saraton kasalligidan kelib chiqadi. Muammo shundaki, kasallik boshlanishi hech qanday tashqi belgilarsiz o‘tishi va davolash jarayonini murakkablashtirishi mumkin.

Saraton asosan bemor sog‘lig‘ida muammo paydo bo‘lgach tibbiy tekshiruv natijasida aniqlanadi, lekin shunday bir alomat borki, u saraton boshlanganini ilk kunlardan darak berishi mumkin. Bu – surunkali charchoq hissi.

Doimiy charchoq, tananing bo‘shashishi va to‘liq dam olgan taqdirda ham qayta tetiklashish imkoniyatining yo‘qligi har qanday turdagi saratonning muhim belgisi hisoblanadi. Bunga sabab o‘simta ishlab chiqaradigan zararli moddaning ta’siridir. Charchagan odam energiyani tejash va kamroq harakat qilishni boshlaydi – bu esa o‘z navbatida tananing yanada kuchsizlanishiga olib kelib, vaziyat jiddiy tus oladi.

Ta’kidlash lozimki, surunkali charchoq har doim ham saraton kasalligi mavjudligini anglatmaydi. Aniq tashxis faqat shifokor tomonidan tekshiruvlar natijasida qo‘yiladi.

Unda qachon shifokorga ko‘rinish lozim? Charchoq ham jismoniy, ham hissiy jihatdan doimiy bo‘lganda. Jismoniy jihatdan:
- doimiy uyqu kelishi, to‘liq 8 soat uyqudan keyin ham uyquchanlik;
- uyqu kelsa ham uxlashga qiynalish;
- yengil jismoniy harakatdan keyin charchoq bo‘lishi;
- diqqatni jamlay olmaslik;
- xatti-harakatlar koordinatsiyasining buzilishi.

Ruhiy jihatdan quyidagi charchoq kuzatilishi shifokor ko‘rigini talab etadi:
- xursandchilik tuyg‘usining yo‘qligi. Ya’ni, hayotdagi quvonchli voqealarga ahamiyatning yo‘qolishi;
- hissiy bo‘shliq, apatiya;
- hech narsaga qiziqmaslik, uydan tashqariga chiqishni xohlamaslik;
- doimiy yomon kayfiyat, asabiylik;
- oila va yaqinlardan uzoqda bo‘lishni istash.

Agar yuqoridagi kabi surunkali charchoqning namoyon bo‘lishi ikki va undan ortiq oy davomida kuzatilsa, shifokor-onkologga murojaat qilish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Saratonning biz bilmagan yana bir alomati