15:14 / 19.02.2024
79

Chang zarralari gormonal muammolarni keltirib chiqarishi aniqlandi

Chang zarralari gormonal muammolarni keltirib chiqarishi aniqlandi
Chang zarralari turli kasalliklar rivojlanishi, xususan, qalqonsimon bez gormonlarida buzilishlarga olib keladigan zararli kimyoviy moddalar bo‘lishi aniqlandi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Biz saratonni yengamiz!” portali shifokorlari xabar berdi.

Foto: Gas-kvas
Shuningdek, turli tibbiyot institutlari mutaxassislari chang namunalari ustida metaanalizlar olib bordi va inson organizmi uchun xavfli kimyoviy moddalarni aniqladi. Tahlillarga ko‘ra, zararli moddalar ro‘yxatida DЕHP — ftalatlarning xavfli sinfiga mansub kislota birinchi o‘rindadir. Undan keyin fenollar va yong‘inga qarshi kimyoviy moddalar o‘rin olgan.

Turli mahsulotlar tarkibidagi kimyoviy zarralar havoga tarqaladi va changga aylanib, yerga tushadi. Bunday havodan nafas olish, ayniqsa, yosh bolalar uchun xavflidir.

Ftalat kislotalar — amaliy jihatdan suvda erimaydigan kristall moddalar. Ular tanadagi gormonlar ishlab chiqarilishiga salbiy ta’sir qiladi, jumladan, IQ darajasining pasayishiga, bolalarda nafas olish muammolariga, endokrin, reproduktiv tizimlarda jiddiy buzilishlarga olib kelishi mumkin.

Foto: mykaleidoscope
Potensial xavfni kamaytirish uchun uyda changlarni artish, gigiyenaga rioya qilish, chang saqlaydigan tekstil mahsulotlar (parda, kovrolan, yumshoq o‘yinchoq, dekorativ yostiqlar) dan iloji boricha kamroq foydalanish, bolalar xonasida namlik darajasi yuqori bo‘lishini ta’minlash tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Chang zarralari gormonal muammolarni keltirib chiqarishi aniqlandi