Dunyo aholisining 26 foizdan 33 foizgacha bo‘lgan qismi hayotining turli davrlarida ruhiyat bilan bog‘liq xastaliklardan aziyat chekadi. Bu hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi va umr davomiyligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, keyinchalik surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini uch barobar oshiradi. Ruhiy tushkunlik va doimiy xavotirda bo‘lish umrni qisqartiradi. Keksalarning intellektual qobiliyatida buzilishlar paydo bo‘ladi.
Tonggi badantarbiya, jismoniy faol bo‘lish aqliy salomatlikka foydali ta’sir ko‘rsatishi azaldan ma’lum. Doimiy harakatda bo‘lish organizmda endorfin darajasini oshiradi, depressiya va tushkunlik hissini kamaytiradi.
Shu sababli aynan qaysi jismoniy harakat depressiyadan tezroq xalos bo‘lishga yordam beradi, degan savol bilan tadqiqot o‘tkazildi. Avstraliyaning ikkita universiteti olimlari buning tagiga yetdi.
Tadqiqotda 7 yoshdan 85 yoshgacha qariyb bir yarim ming kishi ishtirok etdi (ularning aksariyati ayollar edi). Ishtirokchilarning bir qismi surunkali kasalliklarga chalingan, qolgan qismi butunlay sog‘lom edi.
Foto: Noviy ochag
Turli xildagi jismoniy faoliyatni solishtirgandan so‘ng olimlar ruhiy salomatlikni yaxshilash uchun eng samarali faoliyat — raqs ekanini tushunishdi. Raqs turining ahamiyati yo‘q, u odamga yaxshi kayfiyat berishining o‘zi kifoya.
Haftada bir marta raqsga tushib turish natijasida bir oy ichida sog‘liq ko‘rsatkichlari yaxshilanadi. Raqs depressiya alomatlarini kamaytirishga va xotirani mustahkamlashga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dollar mustahkamlanishining yangi davri boshlanmoqda
Chilonzorda avtobus va Lacetti to‘qnashdi